Sariq devni minib kitobi
«Pushkin nomli maktab direktori o‘rtoq O.Azizovga
O‘quvchilar nomidan
ARIZA
Sariq devni minib kitobi
SEHRLI QALPOQCHA
Tanishib qo‘yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi bo‘lsangiz Hoshimjon deb aytasiz. Familiyam — Ro‘ziyev, Ro‘zivoy traktorchining o‘g‘liman. Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham ikki-uch og‘iz so‘zlab o‘tsam: dadam ikki-uch yildan buyon choida buldozer haydab yer tekislaydi, oyimning aytishiga qaraganda o‘sha tomonlarga ham paxta ekisharmish. Bir oyda, ba’zan ikki oyda bir kelib ketadi. Kelganida har birimizga alohida-alohida sovg‘a-salomlar olib keladi. Sovg‘aning eng yaxshisi, albatta, menga tegadi. Oyim boisa uyimizdan uch yuz metr naridagi fermada sigir sog‘adi. Bir o‘ziga 24 govmish qaraydi. O‘tgan yili sutni ko‘p soqqani uchun medal olgan. O‘sha medalni oyimdan yashirib men ham ikki marta taqdim. Bir marta taqib bozorga borib sabzi-piyoz olib keldim, ikkinchi marta taqib maktabga boruvdim, direktorimiz chaqirib olib rosa urishdi.
Katta singlim Oyshaxon to‘rtinchi sinfda o‘qiydi. Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida. Oyim uni: «Oppoqqinam, jonimning hvzurb, deb erkalatgani-erkalatgan. Oyim uni bag‘riga bosib suygan kuni men ham biqinidan sekin chimdib:
— Puchuqqinam, — deb qo‘yaman.
Kichik singlimning oti Donoxon. Hozir birinchi sinfda o‘qiyapti. Oyimning aytishiga qaraganda u katta boisa, albatta doktor boiarmish. Menimcha, undan doktor chiqmasa kerak. Nega desangiz, kolcha-kuyda hamshiralarga ko‘zi tushib qolsa ukol qiladi deb, tog‘dan-toqqa qochadi. Tunov kuni maktab hovlisida oq xalat kiygan bufetchini ko‘rib doktor keldi deb derazadan tashlab qochibdi.
Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Aql-hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o‘quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho‘x bolalarga O‘xshab, kunbo‘yi ko‘cha changitib yurmayman. Yashirib nima qilaman, ko‘cha changitib yurgandan ko‘ra komandaga bo‘linib olib, to‘p tepgan yoki xoliroq joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak o‘ynagan ming marta yaxshi.
— Hoshim! — deb chaqiradi ba’zan oyim.
— Labbay, oyijon?
— Tomdan oltin tashlab bergin.
— Xo‘p bo‘ladi, oyijon, — deymanu sekin u yoq-bu yoqqa qarayman-da:
— Oysha! – deb qichqiraman.
— Labbay, akajon?
— Tomdan o‘tin tashlab bergin.
— Xo‘p bo‘ladi, akajon, — deydi Oysha. Shunday demasa, ishlar chatoq. Och biqiniga musht kelib tushadi. Ishqilib oyimning gapini hech yerda qoldirmayman. Aytganini o‘zim bajarmasam, birov orqali bajaraman. Aslini olganda o‘zing bajarishing shart emas. Fermamizning mudiri Sirojiddin aka nuqul shunaqa qiladi. Raisdan biron topshiriq olib kelsa a’zolariga topshiradi. Siz qanaqaligingizni bilmayman-ku, lekin men mudirlikka o‘xshash ishlarni yaxshi ko‘raman. Shu o‘ynayversang-o‘ynaversang, senga tegishli ishlarni birovlar bajaraversa-bajaraversa.
— Orif! – deb qichqiraman ba’zan. Aytgandek, esimdan chiqib qolayozibdi, Orif bilan birga o‘qiymiz, bir partada o‘tiramiz. O‘zi pakanagina bola-yu, lekin boshi to‘la aql. Har qanday masalani ham ko‘z yumib-ochguncha ishlab tashlaydi, men ham ko‘z yumib-ochguncha ko‘chirib olaman. Goho biror joyini jo‘rttaga xato qilib ko‘chiraman, shunday qilmasam boimaydi-da, muallimimiz ko‘chirganimni bilib qoladi. Shunday qilib:
— Orif! – deb chaqiraman.
— Nima deysan? – deydi Orif uylaridan turib.
— Chiq, dars tayyorlaymiz.
— O‘zing chiqa qol.
Orif meni chaqirayotganini oyim eshitsin, deb jo‘rttaga qayta-qayta so‘rayman:
— Nima deding?
— O‘zing chiqa qol deyapman, nima qulog‘ing karmi?
Papkani ko‘tarib sekin «quyon» bo‘lib qolaman. Chiqib
tayyor vazifalami apil-tapil kokchiraman-da, hali aytganimdek, ko‘cha changitib yurmayman-ku, to‘ppa-to‘g‘ri narigi mahallaga futbol o‘ynagani jo‘nab qolaman.
Mana bugun ham shunga o‘xshash rejalar tuzib, Orifni chaqiraman deb endigina kekirdagimni cho‘zayotgan edim, oyim:
— Hoshim, — deb chaqirib qoldi.
— Labbay, oyijon.
— Nega tovuqlarga don bermading?
Rost, ertalab oyim tovuqlarga don berib qo‘ygin, deb tayinlab ketgan edi. Butunlay unutgan ekanman. Endi nima qildam-a, ishqilib quloqning tagida shavla qaynamasa bo‘lgani!
— Nima dedingiz, oyi?
— Nega tovuqlarga don bermading, deyapman, nima, qulog‘ing devorning ostida qolganmi?
— Ovqatini o‘zi topib yesin-da. Tokaygacha tekinxo‘rlik qilishadi, — deb gapni chalg‘itmoqchi boidim.
— Voy, oimasam, suvam bermaganga o‘xshaysan.
— Oyi, tovuqlar suv ichmaydigan boiib ketgan.
— Shunaqami?
— Ha, shunaqa.
Nojo‘ya gap aytib qo‘ygan boisam kerak, oyim katta kaltakni olib quvlashga tushdi. Uch marta hovlini aylandim- da, ko‘cha eshik oldiga borib egilib salom berdim va bir hatlab o‘zimni ko‘chaga oldim. O‘sha yerdan turib:
— Bir haftadan beri suv berganim yo‘q. Tuxumini bir yoia poroshok qilib tug‘aversin! — deb baqirdim.
— Teringga somon tiqmasammi! — dedi oyim tayoqni o‘qtalib.
«Tamom», deb o‘yladim ichimda. Nega desangiz, kecha ham shunga o‘xshashroq bir voqea boiib o‘tgan edi. Har kuni darsdan qaytganimda oyim:
— Hoshimjon, bugun qanaqa baho olding, o‘g‘lim? — deb so‘raydi.
— Besh-da, oyijon, bizniki doim besh! — deyman.
— Barakalla. — dedi oyim. Keyin o‘zim yaxshi ko‘rgan shokoladdan ikki-uchta uzatib, — bor, endi birpas o‘ynab kelgin, — deydi. Kun botguncha maza qilib o‘ynab yuraman.
Kecha oyim negadir bahoni so‘ramadi-yu, qani kundaligini bir ko‘rsat-chi, deb qoldi. Rang-qutim o‘chib ketdi, nega desangiz, ishning bu yog‘i sal ishkalroq edi-da.
— Kundaligim o‘qituvchimizda qolgan, — deb qutulmoqchi bo‘ldim.
— Papkangni och dcyapman!
Boshqa iiojim boimaganidan papkani ochib, sekin kundalikni chiqarib berdim.
— Bu nima? — so‘radi oyim.
— Ikki.
— Bunisi-chi?
— Uch.
— Nega yolg‘on gapirding?
— Kim yolg‘on gapiribdi, — dedim bo‘sh kelmay, — ikkovini qo‘shsa besh boiadi, oyijon!
— Shunaqami?
— Shunaqa.
Oyim qoshlarini chimirib, qoilari qaltirab, kundalikni varaqlashda davom etdi.
— Bu nima?
— Ikki, oyijon.
— Bunisi-chi?
— Bunisi fizikadan olingan baho.
— Xo‘p, mana bunisiga nima deysan?
— Hech narsa dcyolmayman, lekin oyijon, uchovini qo‘shsa besh boiadi.
— Shunaqami?
— Shunaqa..
— Hu o‘sha.
Fizkulturadan qilgan mashqlarim mana shu paytda qoi kelib qoldi. Bir sakragan edim. o‘zimni hovlini o‘rtasida ko‘rdim. Bu gal kaltak yeyishim aniq boiib qoldi.
— Sen hali shoshmay turgin! — dedi oyim dag‘dag‘a qilib.
Shunday qilib desangiz, kecha mana shunaqangi dili siyohlik bo‘lib o‘tgan. Hozir ko‘chaga chiqib shularni o‘ylab yuragim qisilib ketdi. Singlimni uyga kiritib papkani oldirib chiqdim- da, uy vazifalarini ko‘chirib olish uchun Oriflarnikiga kirdim.
— Orif yo‘q, — dedi oyisi, — magazin tomonga ketuvdi.
— Orif meni papkamni olib kelgin deb yubordi, — dedim. Nega desangiz, agar papka qo‘lga eson-omon tegib qolsa, ichini ochib uy vazifalarini ko‘chirib olishni mo‘ljallagan edim.
— Papkasini o‘zi bilan olib ketuvdi-ku.
— Bo‘lmasa o‘g‘lingiz meni aldapti-da — dedim sir boy bermay.
Endi nima qildim? Juda boshim qotib qoldi-ku. Bir yo‘la uch fandan vazifa berilgan edi, bittasini ham bajarganim yo‘q. Hozir negadir, Orifni tutib olib do‘pposlagim, biqiniga, boshiga rosa mushtlagim kelib ketdi. Qani endi qo‘limga tushsa-yu, bir alamimdan chiqsam.
Ancha vaqtdan buyon direkorimiz nomiga to‘rt-beshtamiz birlashib talabnoma yozmoqchi bo‘lib yuruvdik. Maktabga borib o‘shani yozishga kirishdim.
«Pushkin nomli maktab direktori o‘rtoq O.Azizovga
O‘quvchilar nomidan
ARIZA
Biz o‘quvchilar so‘nggi paytda juda qiynalib ketdik, uy vazifalari ko’paydi, ishlashga vaqt yo‘q. Shuning uchun quyidagi fanlarni dars jadvalidan vaqtincha bo‘lsa ham olib tashlashingizni so‘raymiz: algebra, geometriya, ona tili. Umuman olganda, bu fanlarning hech kimga keragi yo’q. Boshni qotiradi xolos. Ularning o’rni bo‘sh qolmasin desangiz, futbol haqida fan bo‘lsa o’shani kiritsa ham bo‘ladi. O‘qituvchilikka, agar xo‘p desa, o‘rtoa Gennadiy Krasnitskiyni olib kelish kerak. Talabimizni amalga oshirsangiz, hamma fanlardan besh olib o’qishga so‘z beramiz, sho‘xlik qilmaymiz. O‘quvchilar nomidan:
Hoshimjon Ro ‘ziyev»
Talabnomani yozishga yozib qo‘ydim-u. lekin direktorning oldiga kirishga botinolmay qoldim. O‘rnimdan turay desam deng, tizzam dag‘-dag‘ qaltiraydi. Ko‘zimni chirt yumib shartta turdim-da, shu holda, sekretar qizning hoyhoylashiga ham qaramay to‘ppa-to‘g‘ri Otajon Azizovichni kabinetiga kirib bordim.
— Xizmat? — so‘radi direktor.
— Salom, domla! — dedim ko‘zimni ochib.
— Salom.
Indamasdan taiabnomani uzatdim. Yo‘q, ishim yana o‘ngidan kelmadi. Otajon Azizovich naq bir soatcha nasihat qildi. Men ro‘yxatdan o‘chirib tashlamoqchi boMgan fanlar juda foydali emish, ularni puxta egallamasdan turib, kishi agronom ham, injener ham, zootcxnik ham boMa olmas emish. U desam bu dedi, bu desam u dedi, xullas, oxiriga borib hech gap topolmay qoldim. Ichimda esa «Algebra o‘qigandan ko‘ra oyimdan kaltak yeganim ming marta yaxshi edi», deb turibman.
— To‘g‘rimi? — deb so‘radi oxirida Otajon Azizovich.
— Noto‘g‘ri! — dedim ko‘zimni uyning shiftiga tikib, — uchastkamizning agronomi Anorvoy tog‘a hech joyda o‘qimagan-ku.
— Endi o‘qiyman deb turganida urush boshlanib qolgan, sen bilan bizning hayotimizni saqlash uchun frontga ketgan, — deb tushuntira boshladi Otajon Azizovich. Keyin u yog‘ini yana nasihatga ulab yubordi.
O‘zi ishing bir ketga ketsa, hcch o‘ngarib bo‘lmas ekan. Bu ko‘ngilsizliklar ozlik qilgandek, o‘sha kuni yana ketma-kct yomon baholar oldim. Birinchi dars «joni-dilimdan yaxshi ko‘rganim» algebra edi. albatta. Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan yuragim shig‘illab ketdi. Qo‘ng‘iroq xuddi qornimning ichida chalingandek ko‘nglimni ozdirib yubordi. O‘qituvchi ko‘rib qolmasin, dcb oyoqlarimni oldingi partaning ostiga uzatib, faqat boshimnigina chiqarib o‘tirardim.
— Ro‘ziyev? to‘g‘ri o‘tirib ol! —dedi Qobilov.
To‘g‘ri o‘tirib oldim.
– Ro‘ziyev, qani avt-chi. O‘tgan darsda nimani o‘tuvdik?
Sekin o‘rnimdan turib yonginamda o‘tirgan Orifni turtdim. U bo‘lsa teskari qarab, go‘yo hech narsadan xabarsizdek jim o‘tirardi.
— Tezroq gapir! — qistadi muallim.
Bu gal men ham Orifni qattiqroq turtgan edim, ko‘zlari ola- kula bo‘lib ketdi-yu, qo‘rqqanidan pichirlay boshladi. U nima desa oqizmay-tomizmay men ham takrorlab turdim.
Sinfda gurillab kulgi ko‘tarildi. O‘zim ham maza qilib kulgiga qo‘shildim. Keyin bilsam, «teng» so‘zi o‘rniga «eng» deb yuborgan ekanman «Qani, ta’rifmi ayt-chi», — dedi muallim kulgini bosib.
— Tilimning uchida turibdi-yu, aytolmayapman, — dedim go‘yo aytishga qiynalayotgandek. Shunday deymanu uyning shiftiga, derazaga, doskaga qarayman. Oradan uch-to‘rt minut o‘tgach: «Aytasanmi, yo‘qmi», deb so‘radi yana o‘qituvchimiz.
— Aytaman, domlajon, albatta aytaman.
— Ayt, axir boimasam.
— Mana hozir tilimning uchida turibdi.
— Tilingning uchi qursin seni, o‘tir, — deb yubordi oqituvchimiz.
O‘sha kunni eslasam, hozir ham yuragim orqamga tortib ketadi. Rostini aytsam, tug‘ilganimga ming bor pushaymon boidim. Lekin darsdan qaytayotganda men ham bo‘sh kelmadim, Orifdan boplab o‘chimni oldim.
— Menga qara, — dedim chinorning tagiga yetganda biqiniga turtib, — nega mening kuchugimni urding?
— Qachon uribman?
— O‘tgan yili urding-ku!
— Hecham urganim yo‘q.
— Urgansan, mana bunday qilib urgansan, — dedim-da. boshiga bir musht tushirdim. Keyin. u yogini o‘zingiz ham bilib turgan boisangiz kerak, kattagina mushtlashish boidi. Bolalarning yarmi Orif taraf boiishdi, yarmi men taraf. Kiyim- boshlarimiz dabdala boidi, yuzlarimiz qonga bo‘yaldi.
Lekin men xursand edim, o‘ch olganimdan xursand edim, yuz-ko‘zi demay savalaganimdan o‘zimda yo’q shod edim. To‘g‘ri-da, hadeb beshlarni u qatorlab olaveradi-yu, men ikkidan chiqmas ekanman-da. Menga ham uncha-muncha yordamlashib tursa bir joyi kamayib qoladimi!
Xullas, kayfim chog4 edi. Xursand holda ashulani vang qo‘yib uyga qaytardim. Qorin ham ochgan, oyijonim pishirib qo‘ygan palovjonni ko‘z oldimga keltirib har zamonda lablarimni chapillatib qo‘yaman. Hozir borib palovxonto‘rani pok-pokiza tushiramanu, qorinni qashlab yotib, televizor ko‘raman, deb o‘ylayman-da, ashulaning avjiga chiqaman.
Ko‘cha eshigimiz ichkaridan zanjir ekan. Taqillatdim. Tirqishidan qarab turibman. Bir mahal tayoq ko‘tarib asta-sekin chiqib kelayotgan oyimga ko‘zim tushib qolsa bo‘lidimi!
— Kim bilan mushtlashding?! — Eshikni ochgan, oyijonimning birinchi savoli shu bo‘ldi.
— Hech kim bilan, — dedim orqamga tisarilib.
— Orifni uribsan-ku?
— Yolg‘on! Uning o‘zi meni urdi.
— Dars tayyorlamasang, uy ishlariga qarashmasang, singillaringga kun bermasang, kunbo‘yi mushtlashsang — seni o‘ldirib qo‘ya qolmasammi, — deb oyim qo‘lidagi tayoqni menga qarab otdi. Chap berib qoldim. — Yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma!
Ko‘cha eshik oldida turib qoldim. Yo‘q, oyim shashtidan qaytadiganga o‘xshamaydi. Endi nima qildim, qayoqqa boray, kimdan boshpana so‘rayman? Qorinchi, ovqatni qayoqdan topdim endi.
Sariq devni minib kitobi
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo’lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o’ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go’zal Shiringa bo’lgan muhabbati ko’pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli .
.pdf “Saddi Iskandariy” (Iskandar devori). Excel 3 Feb 2021
Bu asar 1485-yilda yozilgan, 89 bob, 7215 baytdan iborat bo’lib, «Xamsa» dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir. «Xamsa»ning yakunlovchi bu dostonida buyuk shoirning adolatli hukmdor, odil podshoh haqidagi orzulari o’z ifodasini topgan. Muallif asarni yozishda qadim yunon jahongiri Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa yurishlari asosida maydonga kelgan .
.pdf «Sab’ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF 3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. “Sab’ai sayyor” asari “hikoya ichida hikoya”usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni – Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi – Mirrix. Asar voqealari 12 – bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko’rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq .
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF 3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo’lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g’amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig ‘a .
.pdf Hayrat ul – abror PDF 3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi – 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so’nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul – abror» 1483-yiida aruzning sari’ bahrida yozilgan bo’lib, an’anaviy muqaddima – “hamd .
Sariq devni minib
Sariq devni minib sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo`lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo`l halol mexnat,yaxshi xulq va qunt bilan o`qishga ekanligi ta`kidlanad
Sariq devni minib sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo`lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo`l halol mexnat,yaxshi xulq va qunt bilan o`qishga ekanligi ta`kidlanad
Дабавлено : 2021-04-20 00:04:40
Этот категорий
ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АППАРАТА ИВЛ Z VENT EMV 731 ПАЦИЕНТАМ С COVID-19»
Daraja: Maktabdan tashqari ta`lim Yo’nalish: Ilmiy-ta`limiy Turi: O`quv-qo`llanma Nashr etilgan yili: 2021 Til: Rus tilida Yaratilgan vaqti: 2022-06-19 11:10:37
ДИСТАНЦИОННЫЙ КУРС РАЗРАБОТАНО В РАМКАХ ПРОЕКТА USAID «УСТОЙЧИВОСТЬ МЕСТНЫХ СИСТЕМ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ В ПРОТИВОДЕЙСТВИИ COVID-19» В УЗБЕКИСТАНЕ
Elektr mashina va elektr yuritma
Daraja: Maktabdan tashqari ta`lim Yo’nalish: Ilmiy-ta`limiy Turi: Bitiruv malakaviy ishi Nashr etilgan yili: 2016 Til: O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2021-04-20 09:24:01
Ushbu uslubiy qo’llanma «Elеktrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya» yo’nalishi uchun «Elektr mashinalar» fanidan o’tiladigan barcha ma’ruzalarni uz ichiga qamrab olgan. Uslubiy qo’llanma 2018 yilda «Elektr mashinalar» fani uchun chiqarilgan namunaviy dastur asosida qayta ishlab chiqildi. Ma’ruzalar matniga elеktr mashinalarni ishlatishda uchraydigan nuqsonlarni tahliliy masalalar qo’shimcha kiritildi. Bu mavzular nazariy tomondan sodda va tushunarli qilib bayon etilgan bo’lib, nazorat savollari, tayanch iboralar kiritilgan.
Qiziqarli malumotlar
Sariq devni minib kitobi