Sarimsoq (chesnok) yetishtirish to’liq malumot oling
Аhamiyati.
Sarimsoq ishtaxa ochuvchi, ovqat xazm qiluvchi xamda zirovor sifatida axamiyatlidir. Sarimsoq piyoz qadimdan aterosklerozda, tomoq shamollashi, boʼgʼma, sil, ovqat hazm qilish faoliyatining buzilishi hamda gijja kasalliklarini oldini olishi vositasi sifatida qoʼllanib kelinadi.
Sarimsoqni Mayskiy Vir va Yujno fioletoviy navlari ekiladi. Urugʼlik tanlash. Sarimsoq piyozchasidan koʼpayadi, uning piyozboshida joylashgan kichik piyozchalari aloxida ekiladi. Urugʼlik piyozboshchalari kasalliklardan holi, butun sinmagan va koʼkaruvchanligi yaxshi boʼlishi zarur. Sarimsoq sovuqqa chidamli oʼsimlik. U 3–5 o S haroratda unib chiqadi va 7–8 o S gacha boʼlgan sovuqqa chidaydi.
Саримсоқ (чеснок) етиштириш
Yer tayyorlash.
Dastlab maydon oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona
oʼtlardan tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 t) chirigan goʼng va mineral oʼgʼitlarni tavsiya etilgan meʼyorda solinadi. Yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatilib, yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari olinadi.
Urugʼ ekish muddati va usuli.
Sarimsoq bir muddatda yaʼni kuzda – sentyabrь–oktyabrning boshlarida ekiladi. Bundan kechiktirib ekilsa, kuzda yaxshi ildiz olishga ulgurmaydi, oqibatda qishki past haroratdan va turli kasalliklardan zararlanadi. Ekish usuli ikki-uch qator lentasimon usulda ekiladi. Bunda qatorlar orasi 70 sm li pushtaga 2-3 qator lentalar orasi 15- 20 sm qilib, koʼchatlar orasi 6-8 sm qilib qoʼlda 3-4 sm chuqurlikka ekib chiqiladi. Uning urugʼlik piyozchalari 1 sotix maydonga 10-15 kg sarflanadi.
Parvarishlash.
Sarimsoq ekilgandan soʼng chirigan goʼng bilan tuproq
usti 1-2 sm qalinlikda mulьchalanadi. Kuzda sovuq tushguncha 1–2 marta sugʼoriladi va bir marta oziqlantiriladi. Oʼsimlik oʼsuv davri davomida 5– 6 marta sugʼoriladi, qator oralari 2-3 marta yumshatiladi va begona oʼtlardan tozalanadi. Sarimsoqni gulpoyalarini sindirib tashlash, mineral oʼgʼitlar bilan oziqlantirish va chirindi bilan mulьchalash hosildorlikni ancha oshiradi.
Oʼgʼitlash.
Tuproq turiga qarab sarimsoq ekilgan yerga 10 sotixga sof holda 10–15 kg azot, 10–12 kg fosfor va 5 kg kaliy oʼgʼiti solinadi. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi goʼng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va u yaxshi saqlanmaydi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Sarimsoqni piyoz pashshasi, tamaki tripsi, kuzgi tunlam kabi zararkunandalar zararlaydi. Ularga qarshi kurashda 10 sotix miydonga Karate 5% em.k. (40 ml),
Mospilan 20% n.kuk. (25–30 ml) preparatlari qoʼllaniladi. Kasalliklardan soxta un shudring, ildiz chirish, mozaika, sargʼayish, boʼgʼin chirish kasalliklariga qarshi urugʼlarni qizdirish, kasallangan oʼsimliklarni yoʼqotish, kasalliklariga qarshi 1 foizli Bordo suyuqligi (mis sulьfati boʼyicha 6–8 kg/ga), Topaz 10% em.k. (12,5–15 ml) yoki Kurzat R n.kuk. (200–250 g) preparatlaridan birortasini 60 litr suvda aralashtirib
purkash tavsiya qilinadi.
Hosilni yigʼishtirish.
Sarimsoq hosilini iyun-iyul oylarida yigʼishtirib olish kerak, aks holda uning piyozchalari bir biridan ajralib ketadi, hosil nobud boʼladi, tovarbopligi hamda saqlashga yaroqliligi pasayadi. Hosil belkurak bilan yerdan koʼtarilib, qoʼl bilan terib olinadi, keyin quritiladi. Bargi va gulpoyasi boʼgʼinidan 3–5 sm qoldirilib kesib tashlanadi, piyozlari mayda-yirikligiga qarab saralanadi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 120 kg urugʼlik uchun 840 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 2512500 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami 8500 soʼmdan sotilganda 10 mln. 200 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 7 mln. 687 ming soʼm sof foyda olish mumkin.
Biznes Tavsiyalar
Sarimsoq (chesnok) yetishtirish