SARAXS
SARAXS, Seraxs — Turkmanistondagi Tajan daryosi vodiysida joylashgan shaharcha: Aholisi 10,2 ming kishi (1991). Gilam ishlab chiqarish va b. rivojlangan. Qad. S shahar xarobasi mil. av. 1ming yillikkaoid. 10-a. dagi Saraxsni eski shahar xarobalaridan maydon ajratib turgan. Islomiyatdan avvalgi Saraxsning kattaligi haqida maʼlumotlar saqlanmagan. Arab xalifaligining dastlabki asrlarida Saraxs garchi Marvdan 2 barobar kichik boʻlsada, ancha yirik shahar sanalgan. Arab tarixchilaridan Yaʼqubiyning yozishicha, Saraxsda kanal, buloklar boʻlmagan, aholi quduqlardan suv ichgan; boshqa xabarlarga koʻra esa kanal boʻlgan, uning toʻgʻoni shahardan 2 farsax olisda joylashgan. Maqdisiyning yozishicha, kanal shaharni oʻrtasidan kesib oʻtgan. Shaharning ancha obod ekanligini uning qulay savdo yoʻlida joylashganligi bilan izohlash mumkin. Saraxsda Nishopurdan Hirot va Marvga boradigan yoʻllar tutashgan, shu tufayli Saraxs birmuncha harbiy (Hofizi Abru uni kuchli qalʼa deydi) va sanoat ahamiyatiga (Yoqut Hamaviyning yozishicha, Saraxsda chachvon va sallalar mohirona tayyorlangan) ega boʻlgan. Oʻrta asrlarda Saraxsda ilm-fan, madaniyat, savdo, hunarmandchilik ancha taraqqiy etgan, koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. Saraxs dagi meʼmoriy obidalardan Abul Fazl maqbarasi (taxm. 1024-y.). S. dan 9 km jan. sharqsa YortiGumbaz maqbarasi (1098) saqlangan. TajanSaraxs t. y. ning qurib bitkazilishi (1996) shaharning eʼtiborini oshirdi. Bu yoʻl orqali Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqish imkoniyati paydo boʻldi.
Ensiklopediya.uz
SARAXS