SARATOV

SARATOV

SARATOV — RFdagi shahar (1780-y. dan), Saratov viloyati markazi. Volga daryosining oʻng sohilidagi yirik dare porti (Volgograd suv ombori). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 886,1 ming kishi (1998). Saratov 1590-y. da qalʼa sifatida barpo qilingan. 1670 — 71 y. lardagi dehqonlar urushi davrida saratovliklar shaharni ST. Razinta topshirib unga faol yordam berdilar, 1774-y. da Saratovni Ye. I. Pugachyov qoʻshinlari bosib oldi. 1780-y. dan Saratov noibligining, 1797-y. dan Saratov gubernyasi, 1928-y. dan Quyi Volga, 1934 — 36 y. larda Saratov oʻlkasi markazi. Hozirgi Saratov — RFning yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (stanoksozlik, dizel, energetika mashinasozligi, elektr termik jihozlar, podshipnik va b. z-dlar), neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, texnik shisha z-dlari bor. 10 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), sirk, filarmoniya, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), oʻlkashunoslik, A. N. Radishchev badiiy muzeylari, yozuvchilar N. T. Chernishevskiy (S. da tugilgan va vafot etgan), K. A. Fedin muzeylari mavjud.

Ensiklopediya.uz
SARATOV