SAQLANISH QONUNLARI

SAQLANISH QONUNLARI

SAQLANISH QONUNLARI — baʼzi bir fizik kattaliklarning son qiymatlari istalgan jarayonlarda vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qoladigan fizik qonuniyatlar. Saqlanish qonunlaridan eng muximi massa, energiya, impuls, harakat mikdori momenti, elektr va barion zaryadlarning Saqlanish qonunlari dir. Bunday qatʼiy Saqlanish qonunlaridan tashqari, taqribiy Saqlanish qonunlari ham mavjud. Bular faqat maʼlum doiradagi jarayonlar uchungina oʻrinli, mas, juftlikning saqlanishi faqat zaif oʻzaro taʼsirlarda buzilishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
SAQLANISH QONUNLARI