SAPUN

SAPUN

SAPUNichki yonuv dvigateli karterini atmosfera bilan tutashtiruvchi qurilma. Sapun porshen halqalari zich boʻlmaganligi tufayli porshen bilan silindr orasidagi tirqishdan karterga oʻtgan gazlarni chiqarib yuborish va karterni shamollatish uchun xizmat qiladi. Karterdagi moy gaz bilan birga tashqariga chiqib ketmasligi va tashqaridan karterga iflos havo kirmasligi uchun Sapunga maxsus filtrli moy qaytargich oʻrnatiladi.

Ensiklopediya.uz
SAPUN