SANTO-DOMINGO
SANTO-DOMINGO (193661-y. larda SyudadTruxilyo) — Dominikana Respublikasi poytaxti. Gaiti o. ning jan. sharqiy qismida, Karib dengizi sohilida joylashgan. Ikdimi tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Aholisi 1,6 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mamlakatning asosiy porti; chetga shakarqand, koʻnteri, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. 3 yirik shosse yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm markazi. Santo-domingo — yevropaliklar tomonidan asos solingan Gʻarbiy yarim shardagi qad. shaharlardan. Shahar X. Kolumbnkng ukasi B. Kolumb tomonidan kurila boshlagan va Yangi Izabella deb nomlangan. 1844-y. dan Dominikana Respublikasi poytaxti. 1916—24 y. larda AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qilib turgan. 1930-y. da Santo-Domingo kuchli dovul natijasida vayron boʻlgan. 1936-y. gacha qayta tiklangan. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qasrsaroy, X. Kolumb dafn qilingan sobor, monastirlar va h. k. saqlangan. Santo-Domingoda muxtor un-t, milliy un-t, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, milliy muzey, Nafis sanʼat maktabi va galereyasi, teatr, mehmonxonalar bor.
Ensiklopediya.uz
SANTO-DOMINGO