Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1-passajir poyezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan kun

Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1-passajir poyezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan kun

Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1-passajir poyezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1-passajir poyezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan kun
Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1841-yil injener va olim Pavel Melnikov tavsiyasiga ko’ra katta temir yo’lni ochishga tomon 1-qadam qo’yildi. Dunyoda o’sha vaqt uchun yirik hisoblangan temir yo’l magistralini transport injenerligi sohasidagi kashfiyotlardan foydalanib 8 yarim yil davomida qurib bitkazdilar. Tizim kengligi masalasi asosiy masala ekanligi ma’lum bo’ldi. Melnikov turli mamlakatlardagi temir yo’l qurish ishlarini mukammal o’rganib chiqdi va  AQSh va Yevropanikiga nisbatan tizimlar kengligini kattaroq olishni maslahat berdi. Bu kenglik 1524 millimetr qilib belgilandi. 1851-yil 10-noyabr kuni 11 dan 15 daqiqa o’tganda Sankt-peterburgdan eng birinchi yo’lovchi tashishga mo’ljallangan poyezd yo’lga otlandi. 604 chaqirim masofani bosib o’tib, soat 21 dan 45 daqiqa o’tganda Moskvadagi shu yo’l uchun mo’ljallanib qurilgan maxsus Nikolayevsk vokzaliga yetib keldi. Pavel Melnikovni temir yo’l qurilishidagi xizmatlari uchun mukofotladilar: shox Nikolay Muqaddas Anna ordeni bilan mukofotladi, uchta vokzalga Melnikov uchun yodgorlik o’rnatildi.

Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1-passajir poyezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan kun