SANDIQ

SANDIQ

SANDIQ — roʻzgʻor buyumi; ichida uy anjomlari, kiyimkechak, zebziynat buyumlari va b. saqlanadi. Asosan, yogʻochdan, shuningdek, temir va b. dan ham tayyorlanadi. Shakli toʻrtburchak, usti qopqoqli boʻlib, zulfin hamda ushlab koʻtarish uchun ikki yoniga halqa oʻrnatiladi, yerdan koʻtarilib turishi uchun osti (4 burchagi)ga poya qoqiladi. Sandiqning old, orqa va ostki taxtalari birbiriga qoʻshib mixlanadi, yuzasi pardozlanadi, burchaklari jilvir bilan sillik,lanadi, soʻng old tomoni (beti)ga guli chizib olinadi, shu chiziqlarga tunuka oʻlchab qoqiladi, soʻngra har xil ranglarda boʻyaladi, hoshiyalariga chakich chekib gullar ham tushiriladi. Qoʻchqorak, shash, nayzali, bodomcha va b. naqsh mujassamotli Sandiq amaliy sanʼatning yuksak namunasi hisoblanadi. Qadimda hayvon terisidan, yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik va boʻyama tunuka bilan krplab bezatilgan yogʻoch Sandiqlar ham tayyorlangan. Oʻrta Osiyoning Buxoro, Xorazm va b. shaharlaridagi bozorlarda maxsus sandiqsozlik rastalari boʻlib, ularda Sandiqning turli namunalari yasalib sotilgan.

Ensiklopediya.uz
SANDIQ