SANATORIY

SANATORIY

SANATORIY (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Slarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va b.) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi (q. Profilaktoriy). Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston S. larida iqlim, kuyosh, balneobalchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Slar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiyena shartsharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy Sanatoriy) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi (q. Kurort).

Ensiklopediya.uz
SANATORIY