SAN-PEDROSULA

SAN-PEDROSULA

SAN-PEDROSULA — Gondurasdagn shahar. Kortes departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 384 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Q. x. (banan, shakarqamish, chorvachilik) r-nining savdo markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1536-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
SAN-PEDROSULA