San-Marino to’liq malumot oling
San-Marino
San-marino (San Marino), SanMarino Respublikasi (Repubblika di San Marino) — Jan. Yevropada, Apennin ya.o.da, Adriatika dengizi sohilidan 13 km uzoqlikda joylashgan davlat. Italiya hududi bilan oʻralgan. Maydoni 61 km². Axoliyey 0,03 mln kishi (2019). Poytaxti — SanMarino sh. Maʼmuriy jihatdan 9 okrug (qoʻrgʻon)ga boʻlingan.
Davlat Tuzumi
S.M. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi («Statut» — S.M. Respublikasi davlat tuzilishi tizimi toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasi) 1600 y. 8 okt.da maʼqullangan. Keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Katta Bosh Kengash tomonidan 6 oy muddatga saylanadigan ikki kapitanregent davlat boshligʻy vazifasini bajaradi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Katta Bosh kengash (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni kapitanregentlar Davlat kongressi (hukumat) bilan birgalikda amalga oshiradi.
Davlatlar
San-Marino