SANʼATSHUNOSLIK INSTITUTI
SANʼATSHUNOSLIK INSTITUTI, Oʻzbekiston BAning Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti — oʻzbek milliy sanʼati nazariy va amaliy masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy markaz. 1928-y. da Samarqand sh. da Oʻzbekiston musiqa va xoreografiya i. t. instituti nomi bilan tashkil qilingan. 1932-y. Toshkent sh. ga koʻchirilgan. Madaniyat ministrligi (194357 va 196397), Oʻzbekiston FA (1957—63) qoshida boʻlgan; 1997-y. dan Oʻzbekiston BA tarkibida. Sanʼatshunoslik institutida tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, musiqa tarixi, folklor va zamonaviy musiqa, teatr va xoreografiya, meʼmorlik, kino va televideniye, madaniyatshunoslik, sanʼat va meʼmorlik tarixi, Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi boʻlimlari, qad. yodgorliklarni restavratsiya qilish, fotokino, ovoz yozish lab. lari, ixtisoslashgan kutubxona bor. Int koʻrgazma toʻplamida arxeologik kazilmalar jarayonida topilgan muhim ashyoviy manbalar xazinasi, valik va magnit tasmalariga yozib olingan nodir va noyob xalq musiqa ijodiyoti namunalari, sanʼatshunoslik i. t. larining asl qoʻlyozmalari, fotomateriallari va arxiv materiallari saqlanadi. 1978-y. dan nomzodlik va 1992-y. dan drlik dissertatsiyalari himoyasi huquqiga ega Ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatadi.
Ensiklopediya.uz
SANʼATSHUNOSLIK INSTITUTI