Samsung o’zining birinchi aqlli uzukini taqdim etdi — Galaxy Ring! to’liq malumot oling

Samsung o’zining birinchi aqlli uzukini taqdim etdi — Galaxy Ring! to’liq malumot oling

Samsung o’zining birinchi aqlli uzukini taqdim etdi — Galaxy Ring!💍

Bu ajoyib aksessuar sog’liq ko’rsatkichlarini yanada aniqroq kuzatish uchun yaratilgan. Ayniqsa sportchilar uchun juda foydali bo’ladi!

🔗 Galaxy Ring smartfoningizga Bluetooth orqali ulanadi va yurak urishi tezligi, qon bosimi, tana harorati, va qondagi kislorod miqdorini kuzatadi. Bu qurilma, shuningdek, uyqu sifatini kuzatish uchun ham ajralmas vosita. Agar agar nafas olish qiyin bo’lsa , smartfoningizga ogohlantiruvchi bildirishnoma yuboradi.

🍽 Samsung Food xizmati bilan integratsiyalangan Galaxy Ring sizning faolligingiz asosida kaloriyalarni hisoblab, shaxsiy ovqatlanish rejasini tuzadi.

🎨 Qora, kumush va oltin ranglarda, turli o’lchamlarda (15,7 dan 22 gacha) mavjud. Batareya quvvati 14,5 dan 21,5 mA/soatgacha bo’lib, to’liq zaryad bilan bir hafta davomida ishlashi mumkin. Paketga zaryadlovchi dok ham kiradi.

📅 Sotuvlar 24 iyuldan boshlanadi va Galaxy Ring dastlab faqat Samsung smartfonlariga ulanishi mumkin. Keyinchalik boshqa Android qurilmalari uchun yordam paydo bo’ladi, lekin iPhone qo’llab-quvvatlanmaydi.

💵 Narxi: $399.99

@teechmob

Texnika
Samsung o’zining birinchi aqlli uzukini taqdim etdi — Galaxy Ring!