SAMOLYOT SPORTI

SAMOLYOT SPORTI

SAMOLYOT SPORTI — sportning harbiytexnik turi; ogʻirligi va dvigateli turlicha boʻlgan samolyotlarda uchish tezligi, balandligi, uzoqligi, davomiyligi, tez koʻtarilishi va yuk koʻtarishi boʻyicha rekordlar oʻrnatish, shuningdek, sport samolyotlarida uchuvchilik mahorati boʻyicha musobaqalashish. Samolyot sporti 20-a. ning boshlarida vujudga kelgan. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi (FAI, 1905-y. tashkil etilgan) ga 80 ga yaqin mamlakat aʼzo. Jahon chempionatlari faqat uchuvchilik mahorati boʻyicha oʻtkaziladi (1960-y. dan). Yana q. Aviatsiya sporti.

Ensiklopediya.uz
SAMOLYOT SPORTI