Samarqandda ilk marta buyrak ko`chirib o`tkazish amaliyoti bajarildi

Samarqandda ilk marta buyrak ko`chirib o`tkazish amaliyoti bajarildi

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari samarqandlik shifokorlar bilan birgalikda viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotini o`tkazishdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Bunga qadar buyrak transplantasiyasi oparesiyasi yurtimizda faqatgina Toshkent shahrida Respublika shoishilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilar edi.

Qariyb uch soat davom etgan, Samarqanddagi ilk buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bulung`urlik 31 yoshli O.Xo`jaqulov ancha yillardan buyon buyrak etishmovchiligi bilan og`rib kelar edi. Bugun unga ukasi M.Xo`jaqulov bir buyragini berdi. Eng muhimi, har ikkovining ham ahvoli yaxshi va ular tibbiy standartlar asosida shifokorlar nazoratida.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Samarqandda ilk marta buyrak ko`chirib o`tkazish amaliyoti bajarildi