Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi to’liq malumot oling

Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi to’liq malumot oling

samarqand yangi ozbekistonning turizm darvozasi 1

Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” kontseptsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–455-son, 24.12.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi.

2026-yil 1 yanvargacha tadbirkorlar:

4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan;
Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.

2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi o‘tkaziladi.

Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi.

2023-yil 1 sentyabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tizimda:

chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi;
avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona platforma yaratiladi.

2023-yil 1 fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilangan.

Foydali Maslahatlar
Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi