SAMARQAND RUS DRAMA TEATRI
SAMARQAND RUS DRAMA TEATRI, A. P. Chexov nomidagi Samarqand rus drama teatri — Oʻzbekistondagi dastlabki rus teatrlaridan biri. Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlariga xizmat qilishga moʻljallangan. 1917-y. A. YurenyevLimontov rahbarligidagi «Samarqand rus teatr studiyasi» xalq teatriga aylantirilgan. Davlat teatri sifatida oʻz faoliyatini 1918-y. «Momaqaddiroq» (A. Ostrovskiy) spektakli bilan boshlagan. Truppa N. RubenskayaEmelyanova, F. Ranevskaya, V. Rjevskaya, A. KlavdinaTelegina, N. NagorniyGalikov, N. Moskvin, F. Gorkiy, A. Ribakov, A. NerashovaEjyova, A. Brailovskiy kabi maxsus teatr taʼlimotiga ega aktyorlardan tashkil topdi. A. YurenyevLimontov bosh rej. va direktor etib tayinlanadi. Tez orada teatr repertuaridan badiiy jihatdan ancha yetuk «Serdaromad joy» (A. Chexov), «Tubanlikda», (M. Gorkiy), «Qaroqchilar» (F. Shiller) kabi asarlar b-n bir qatorda shakllanib kelayotgan yosh dramaturglarning asarlaridan «Kirol sartaroshi» (A. Lunacharskiy), «Ikki dunyo» (Ye. Volniy), «Tong oldidan» (A. YurenyevLimontov) va b. spektakllar joy oldi. Teatr yil sayin oʻsib, rivojlanib bordi, uning tarkibi Garnizon teatri aktyorlari (M. BelinBelinovich, K. Shorshteyn va b.) bilan toʻldirildi. 1925-y. dan (Oʻzbekiston poytaxtining Samarqandga koʻchirilishi munosabati b-n) Oʻzbekiston xalq maorifi komissarligi krshidagi Respublika rus drama teatri deb yuritila boshlandi. Jamoa «Degayevning sotkinligi» (V. Shkvarkin), «Konstantin Teryoxin» (V. Kirshon) kabi pyesalarni muvaffakiyat bilan sahnalashtirdi.
Ensiklopediya.uz
SAMARQAND RUS DRAMA TEATRI