SAMARQAND DARVOZALARI

SAMARQAND DARVOZALARI

SAMARQAND DARVOZALARISamarqand sh. dagi tarixiy darvozalar. Samarqand oʻrta asr shahar qurilishi anʼanalari asosida bunyod etilgan. Hoz. Samarqand sh. oʻrnida (qad. Samarqand — Afrosiyob yodgorligi moʻgʻullar tomonidan vayron etilmasdan ancha oldin) 10-a. dayoq turli kasbdagi aholi yashaydigan mahallalar mavjud boʻlgan. 11-a. da bu mahallalar bir nechta darvozalari boʻlgan devor bilan oʻralgan. Arab sayyohi Ibn Bammyma oʻz asarida Samarqandni Oʻrta Osiyodagi eng katta, goʻzal va obod shaxarlardan biri sifatida taʼriflagan. Moʻgʻullar ucmwrocu natijasida vayron qilingan shahar (q. Samarqand mudofaasi) Amir Temur tomonidan tiklangan. Mudofaa devorining koʻrinishi joyning mikrorelyefidan kelib chiqkan holda egribugri chiziq koʻrinishida boʻlib, bu devorlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan Boburnmit maʼlumotiga koʻra, uning ustida otliq bemalol yurolgan. Shahar 2 qism: gʻarb tomonda joylashgan ark va hisordan iborat boʻlgan. Umumiy maydoni taxm. 4,1 km2 boʻlgan. Shahar arkida 2 darvoza boʻlib, asosiy darvoza sharq tomonda boʻlgan. Keyinchalik u Oq darvoza nomi bilan atalgan. 2darvoza jan. tomonda boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
SAMARQAND DARVOZALARI