Samaradorlikni oshirish uchun 18 ta mobil dastur
Hozirda
dasturlarni o’yin va diqqatni tortuvchi vosita bo’lib borishidan ko’p
kishi noliydi. Quyida e’tiboringizga 18 ta dastur havola etiladi, ular
yordamida vaqtingizdan unumli foydalanasiz degan umiddamiz:
1. Mobil divayslar uchun Microsoft Office
Microsoft
Word, Excel va PowerPointni kompyuterda ishlatishni yoqtiruvchilar o’z
xujjatlarida va slayd’larida telefon yoki planshetdan foydalanishni jon
deb istashsa kerak. Faqatgina bitta salbiy tarafi shundaki, ushbu
dasturning to’liq versiyasi oyiga 10.66 AQSH dollarini tashkil etadi.
2. Dial My Calls
Bir nechta
telefon raqamiga bir necha soniyalarda ovozli yoki sms jo’natish
kerakmi? Ushbularni siz uchun DialMyCalls dasturi bajarib beradi,
oqibatda qimmatli vaqtingizni tejaysiz.
3. When I Work
Hamkor yoki
ishchilaringiz bilan uchrashuvlar belgilashda qo’l keladi. Qaysi
ishchingiz ishga kelishini aniqlang, yordam kerak bo’lganda bo’sh
o’rinni to’ldiring va ishchilarning vaqt jadvallarini kuzatib boring.
Ushbu omillar ma’muriy vazifalarga vaqt yutqazish o’rniga, mijozlar va
natijaga diqqat qaratishingizda yordam berishi mumkin.
4. Prezi
Ishlayotgan
holingizda prezentatsiyalar tuzish haqida gapirar ekanmiz, Prezi nomli
dasturi Planshet, Telefon va boshqa qurilmalar orasida
sinxronlashtirish, ma’lumot almashib, ishingizni osonlashtiradi.
5. Pocket Informant
Ushbu iOS
yoki Android dasturni barcha kalendar, vazifalar, esdalik yozuvlar va
kontakt ma’lumotlarni bir joyga to’plash uchun va yanada unumdor ishlash
uchun ma’qul topdik.
6. Asana
Asana
yordamida ishdagi hodimlarni to’plang va email yozishmalarsiz barcha
hamkorlarni jarayonlaringiz bo’yicha ma’lum qilib boring.
Foydalanuvchilar izohiga ko’ra surish (swipe) yordamida vazifalarni
o’chirish va yangi vazifalar yaratish ilovani yanada yaxshiroq ishlashga
olib kelgan.
7. Trello
Trello – bu
xuddi loyihalarni boshqarish uchun Pinterest dasturidek. Uzundan uzun
emaillar yoki boshqa matnlarni o’qishdan bezor bo’lganlarga ushbu dastur
– bajariladigan vazifalarni kartochkalar, izohlar, vazifalar ro’yhati,
yuklangan fayllar va boshqalar ko’rinishida beradi.
8. Google Mobile
Agar ushbu
dasturdan Gmal pochtangizdan foydalanishda allaqachon ishlatmayotgan
bo’lsangiz, unda dasturni yuklab oling va oqibatda barcha SPAM‘lardan qutiling va band paytingizda faqatgina kerakli email yozishmalarga diqqat qarating.
9. 1Password
Kundalik
parollarimizni barchasini eslab qolish uchun kimda ham sharoit yoki
xohish bor? Ushbu dastur loginlar, kredit kartochka ma’lumotlari, parol
va boshqalarni xavfsiz saqlashga va’da beradi. Dasturning pro versiyasi 9.99 AQSH dollarida narxlanib, foydalanuvchilar ijobiy (4-5 yulduzli qaydlar) bahosiga sazovor bo’lgan.
10. Voxer
Voxer – bu
bir so’z bilan aytganda ratsiya vazifasini zamonaviy ko’rinishidir.
Uning boshqa dasturlardan farqi – xabarlaringiz matn, ovoz yoki rasm
ko’rinishida bo’lsin, barchasini saqlash imkonini beradi. Shunda uzun
xabarlarni qaytadan yozish ovoragarchiligi yo’qotiladi. Dasturning
yaxshi tomoni shaxsiy foydalanuvchilarga tekin xususiyatlar taqdim
etilishi, biroq pro va biznes foydalanuvchilar alohida to’lov to’lashadi.
11. Super Notes
Ushbu
dastur bilan yozishmalarni, ovoz saqlamalarni, rasm va boshqalarni
saqlashingiz, rangli nomlar bilan belgilashingiz, barchasini hisoblab
yurishingiz mumkin. Keyin esa ularni email orqali bo’lishish (share)
yoki kompyuteringizga zahira sifatida saqlashingiz mumkin.
12. AnyList
Ushbu
ajoyib ko’rinishli dastur orqali kundalik bozorliklar ro’yxatini tuzish
va ularni do’st va oila azolaringiz bilan baham ko’rishingiz mumkin.
Bozorlik ehtiyojlaringizni vaqt yutqazmasdan qondiring.
13. MEGA
Odamlar
ma’lumotlarini sir saqlanishini istashadi, MEGAning mobil ilovasi o’z
smartfonlarida fayllarni strim qilish va ishlatish imkonini yaratadi.
14. Launcher
Cromulent
Labsning Launcher dasturi “bildirishlar markazi”ngizda eng qaynoq
dasturlaringizni joylashtirishda kerak bo’ladi. Hech qanday dastur
qidirish va vaqt yutqazish endi sizni bezovta qilolmaydi.
15. HP ePrint
Balki rasm
yoki boshqa hujjatlarni mobil qurilmangizdan to’g’ridan-to’g’ri nashr
qilish kerakdir? Bu dastur bilan orzuyingiz amalga oshdi deyavering!
16. MyScript Calculator
O’ta oddiy
matematik tenglikdan tortib o’ta murakkabigacha yozib chiqing, mazkur
ilova esa sizga hisob-kitobingizni bajarib beradi (qo’l yozuvingizdan
foydalanib).
17. Cozi
Cozi
oilangiz hayot tarzini bir joyda tashkil qilish uchun qo’l kelishi
mumkin. Joriy dastur bolangiz kundalik vazifalarini o’zingizniki bilan
muvofiqlashtirish, barcha uy ishlarini bo’lishib chiqishda yordam
beradi.
18. Google Slides
Google
Slides ilovasi yangi prezentasiyalar, PowerPoint fayllarini tuzish va
hattoki Wi-Fi’ga ulanmasdan to’g’ridan-to’g’ri planshetingiz va telefon
bilan ma’lumotlarni almashish demakdir.
Manba:
Telekommunikatsiya
Samaradorlikni oshirish uchun 18 ta mobil dastur