SALORIYLAR

SALORIYLAR

SALORIYLAR, musofiriylar — 10—11-a. larda Ozarbayjonda hukmronlik qilgan eronliklar sulolasi. Dastlab arablar istilosi davrida Daylam viloyatini mustaqil boshqarganlar. 10-a. ning 40y. larida Marzubon Saloriy Ozarbayjonni va Arronning bir kismini bosib olib Saloriylar sulolasiga asos soldi. 971 i. kurdlarning shaddodiylar sulolasi Sni Arrondan haydab chiqardi. 981-y. ravvodiylar sulolasi Ibrohim Saloriy ustidan gʻalaba qozonib, Tabriz sh. ni poytaxt deb eʼlon qildi. Shu bilan Saloriylar sulolasi barxam topdi.

Ensiklopediya.uz
SALORIYLAR