SALONIKI

SALONIKI

SALONIKI, Fessaloniki — Gretsiyadagi shahar, Egey dengizining Termaikos qoʻltigʻi sohilidagi yirik port (yiliga 10 mln. t yuk ortibtushiriladi), Bolqon ya. o. davlatlari uchun tranzit port. Saloniki nomi (viloyat)ning maʼmuriy markazi. Aholisi 378 ming kishi, shahar atrofi bilan 749 ming. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatda Afina sh. dan keyin 2oʻrinda. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, metallsozlik, mashinasozlik (xususan, kemasozlik va kema taʼmirlash), toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Salonikida har yili kuzda xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. un-t, arxeologiya muzeyi bor.

Ensiklopediya.uz
SALONIKI