Salomatlik to‘g‘risida
Salomatlik to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
Sog‘lom odam tabiatning eng bebaho asaridir.
T. KARLEYLInson — tabiatning yer yuzidagi oliy mahsulidir. Biroq tabiat yaratgan mo‘jizalardan bahra olmoq uchun inson sog‘lom, baquvvat hamda zukko bo‘lmog‘i zarur.
I. I. PAVLOVBiz insonning har tomonlama kamol toptirmoqni istaymiz, toki u bemalol yuguradigan, suzadigan, tez va chiroyli odimlay oladigan bo‘lsin,uning to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsin, qisqasi, u mehnat va mudofaaga hamisha hozir turishi uchun jismonan hamda aqliy qobiliyati bab-baravar rivoj topgan rosmana, sog‘lom odam bo‘lsin.
M. I. KALININSog‘lik — boylikdan a’lo.
J. REYSog‘lik — oltindan qimmat.
V. ShEKSPIRVshlikda u qadar qadriga yetilmagan sog‘lik balog‘at yillarida chinakam baxtga aylanadi; umrning ko‘pi ketib, ozi qolgan paytda esa odam yashashning mazasini tushuna boshlaydi.
I. M. KARAMZINInsonning nazdida salomatlikning bahosi yo‘q, chunki salomatlik bo‘lmasa, na farog‘at va na xashamat tatiydi.
N. G. ChERNIShEVSKIYJisman baquvvat odam issiq,a ham, sovuqqa ham bardosh beradi. Xuddi shuningdek, ruhan tetik odam gazabga ham, qayguga ham, shodlikka ham, boshqa kechinmalarga ham chidaydi.
EPIKTETSoglik undan bahramand kishiga ham boshqalar uchun ham buyuk ne’matdir.
T. KARLEYLSiz o‘z sog‘ligingizni tong va bahordan oladigan huzur-halovatingizga qarab baholang.
G. TOROSog‘likning o‘zi huzur yoki u yoqimli olov tafti kabi so‘zsiz huzur baxsh etadi.
T. MORSoglik hayotning shunday ne’matidirki, chindan ham betob podshodan sog‘lom gado ming karra baxtiyordir.
A. ShOPENGAUERBaxtimizning o‘ndan to‘qqiz ulushi sog‘ligimizga bog‘liq.
A. ShOPENGAUERBaxt, eng avvalo soglik demakdir.
G. KURTISVaxt salomatlik samarasidir, binobarin, har bir odam o‘z a’zolarini asrab-avaylamog‘i lozim.
S. SMAYLSHayotning qadriga yetmagan odam undan bahramand bo‘lishga ham loyiq emas.
LEONARDO DA VINChISog‘lik — donolar uchun davlat.
P. BERANJEUmrimiz jahblatimiz tufayli qisqaradi.
G. SPENSERInson 1OO yil yashashi mumkin. Lekin biz o‘zimizning tiyiqsizligimiz, palapartishligimiz, o‘z organizmimizga nisbatan shafqatsizligimiz tufayli bu muddatni ko‘p yillarga qisqartirib yuboramiz.
I. P. PAVLOVKishining kuchdan qolishp yemiruvchi yillar kasri emas,ko‘pincha bebosh yoshlikning asov g‘alayonlari oqibatidir. Yoshlikdagi maishiy tiyiqsiz nafs keksalykka shalviragan tanani hadya etadi.
SISERONHech kim umri qisqa bo‘lib tugilmaydi, uni o‘zimiz qisqartiramiz; umrimiz tugal, ammo uni biz yelga sovuramiz. Agar oqilona foydalanilsa, umr juda uzoq davom etadi.
SENEKAOdamlar uzoq umr xohlashadi-yu, ammo uni ehtiyot qilishmaydi.
J. LABRUERShunday paytlar keladiki, odam yuz yil yashamasdan oldin o‘lishga uyaladigan bo‘ladi, bunga imonimiz komil.
I. M. TARXANONUmr bizga uni so‘nggi daqiqalarga qadar mardona himoya qilish sharti bilan berilgan.
Ch. DIKKENSBoshqalar uchun yashamoqchi bo‘lgan odam o‘z hayotiga ham befarq bo‘lmasligi lozim.
J. GYuYOYaxshi odam o‘zini avaylashi kerak.
M. GORKIYziyouz.uz
Salomatlik to‘g‘risida