Salom Python

Salom Python

python
Xammaga salom,
shu kunlarda pythonda ko’p ishlashimga to’g’ri kelyapti. Bilmaganlar uchun bu erdagi Python bu ilon emas, a dasturlash tili. Bu judayam keng tarqalgan tillardan biri bo’lib linux tizimidagi ko’p programmalar shu tilda qilingan. Undan tashqari bu tilda Web saytlar xam ko’p ishlab chiqilmoqda. Pythonda web uchun asosan django, tornado va hakozo frameworklari mavjud. Python seriasidagi maqolalarni xozircha uzun qilib yozish niyatim yo’q. 0 dan o’rganishni istaganlar bo’lsa bemalol qo’shilib commentlarda yoki forum.opennet.uz da savollarini berishi mumkin. Bugungi maqolamda ananalarga ko’ra «Salom Dunyo»dan boshlayman.

Buning uchun bizga nima kerak?
O’zim linuxda o’tirganim uchun menda o’rnatish shart emas. Qo’l ostimda windows bo’lmaganligi sababli windows foydalanuvchilariga foydam tegadi deb o’ylamayman. googledan so’rab quyidagini topdim: starship.python.net/crew/mhammond/win32/Downloads.html
Mandagi version:


geniuz@sandy:~/projects$ python -V
Python 2.7.3

python interpretator bo’lgani sababli birinchi darsimizni (dars desak xam bo’ladi shekilli) yangi fayl yaratmasdan, python qanday ishlashini va oddiy (matn va sonlar ustida) amallarni ko’rib chiqamiz:
Buning uchun terminalda (agar windows bulsa cmd da) python buyrug’ini beramiz:


geniuz@sandy:~$ python
Python 2.7.3 (default, Jan  2 2013, 13:56:14) 
[GCC 4.7.2] on linux2
Type "help", "copyright", "credits" or "license" for more information.
>>> a="Salom"
>>> b="alik"
>>> a
'Salom'
>>> b
'alik'
>>> a+" "+b
'Salom alik'
>>> a=5
>>> b=8
>>> a
5
>>> b
8
>>> c=a+b
>>> c
13
>>> a+b
13
>>> a-b
-3
>>> c-b
5
>>> a*b
40
>>> 

pythonda php dan farqli ravishda o’zgaruvchi tiplari qattiq nazorat qilinadi, ya’ni oddiy qilib aytganda String tipli o’zgaruvchiga int tipli o’zgaruvchini qo’shish imkoni yo’q:


>>> a="matn"
>>> b=5
>>> c="yana matn"
>>> a+b
Traceback (most recent call last):
  File "", line 1, in 
TypeError: cannot concatenate 'str' and 'int' objects
>>> a+c
'matnyana matn'

Ushbu maqoladan maqsad dasturlashni (yoki yana bitta dasturlash tilini) o’rganishni istaganlar uchun yordam berish.
Xozircha shular, davomi bor.

Texnologiyalar
Salom Python