SALIMOV Oqil Umrzoqovich

SALIMOV Oqil Umrzoqovich

SALIMOV Oqil Umrzoqovich (1928.24.12, Toshkent) — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi FA akad. (1990), texnika fanlari d-ri (1978), prof. (1978). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan 1950), Moskva avtomobil z-di (ZIL) da muhandis-texnolog (1950—53). ToshTUda assistent, dotsent, kafedra mudiri, dekan, prorektor (1953 — 65), rektor (1992—94). Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri oʻrinbosari, mudiri (1966—70), MK kotibi (1971 — 84), Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1984— 87), Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash muhandislari in-tida rektor (1987—92), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994—98). Ilmiy ishlari avtomobilsozlikka doir. Salimov tadqiqotlari avtomobil dvigatelining quvvatini oshirib borish, yuqori foydalanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan yangi generatorni ishlab chiqish, mashina detallarining koʻp yilga chidamliligini oshirish va b. da muxim rol oʻynadi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga malakali kadrlar yetishtirishga Salimov muayyan qissa qoʻshdi. Salimov «Doʻstlik» (1996), «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Ensiklopediya.uz
SALIMOV Oqil Umrzoqovich