SALIMOV Damir Ismoilovich
SALIMOV Damir Ismoilovich (1937.19.7, Samarqand) — kinorej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). VGIK (Butunittifoq davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1960). Salimov birinchi oʻzbek multiplikatsiya filmlarining («6×6 kvadratida»; «Sehrli sandiq») muallif va rej. i. Keyinchalik B«alkon», «Doʻstingni ehtiyot qil» va b. multfilmlarni ishlagan. U «Yoʻldosh Oxunboboyev», «Non, tuz va qoʻshiq», «Yorugʻ yoʻl» kabi hujjatli, «Sahro uzra osmon», «Togʻlar chorlaydi», «Shum bola», «Hayot mazmuni» singari badiiy filmlarga rej. lik qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).
Ensiklopediya.uz
SALIMOV Damir Ismoilovich