SAKSOFON
SAKSOFON (ing. saxophone) — puflama tilchali musiqa cholgʻu asbobi. Belgiyalik musiqa cholgʻulari ustasi A. Saks ixtiro kilgani (1841) uchun uning nomi bilan atalgan. Turli (jez, rux va b.) metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Mundshtugi yakka tilli. Chalgʻichbarmoq teshiklari klapanlar bilan berkitiladi. Asosan, 7 turi (sopraninodan kontrabasgacha) mavjud. Yorkin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega boʻlgan Saksofon jaz musikasida asosiy cholgʻulardan hisoblanadi. Puflama sozlar orkestri, estrada orkestri, baʼzida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi. Yakkanavoz konsert musiqa cholgʻusi sifatida ham foydalanilmoqda (K. Debyussi, Rapsodiya; A. Glazunov, Saksofon va torli orkestr uchun konsert va b.).
Ensiklopediya.uz
SAKSOFON