SAKKIZ YOQLI MAQBARA

SAKKIZ YOQLI MAQBARA

SAKKIZ YOQLI MAQBARA — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (15a.). Shohizinda ansambli tarkibida. Samarqand meʼmorligiga xos boʻlmagan (ozarbayjonlik meʼmor qurgan deb taxmin qilinadi) uslubda, 8 ravoqli (nomi ham shundan), tomonlari ochiq qilib qurilgan. Tagila doira tarxli daxmagoʻrxona joylashgan. Tashqi qirralari sopol gʻishtchalar bilan qoplangan. Ravoq tepasidagi qanoslari yorqin lojuvard rangda terma koshinlar bilan bezatilgan. Gumbazi (diametri — 6,3 m) qayta tiklangan. Ichki bezagida qizil, koʻk va oq rangdagi naqshlar qoʻllanilgan.

Ensiklopediya.uz
SAKKIZ YOQLI MAQBARA