SAHNA haqida to’liq ma’lumot oling

SAHNA haqida to’liq ma’lumot oling

SAHNA — 1) teatr binosining tomosha koʻrsatiladigan qismi. Birinchi teatr binolari, jumladan, Qad. Xitoy, Hindiston, Turon, Yunonistonda paydo boʻlib, asrlar davomida oʻzgarib borgan. Hoz. teatrlar, odatda, uch qavatli qutisimon shaklda quriladi. 1-qavati Sahna osti (tryum)dan iborat. Oʻrta qavati tomoshabinlarga yaqqol koʻrinib, asosiy voqealar shu yerda aks ettiriladi. Bu joy «sahna oynasi» deb yuritiladi. Sahna maydoni (plansheti), odatda, tomosha zalidan 0,8—1,1 m baland boʻladi.

Sahnaning asosiy chegarasi — pardadan tomosha zaliga turtib chiqqan old Sahna (q. Avanssena) oldida yoki ostida orkestr yoki cholgʻuchilar joylashadi. Drama teatrlarida bu yerdan ham ayrim voqealarni koʻrsatish, qahramonlarni chohdan chiqarish yoki unga kiritib yuborish maqsadida foydalaniladi. Yuqori S oʻrta Sahna peshtokidan boshlanadi. Uning shipi panjaralangan boʻlib, bu yerda dekoratsiyalarni tushiribkoʻtaradigan texnik moslamalar oʻrnatilgan. Sahna tepasida maxsus joylarga Sahna ishchilari, yorituvchilarning bir qismi oʻrnashadi. S yonida yoki orqa tomonida dekoratsiyalar turadigan «Sahna choʻntagi» deb ataluvchi xonalar ham boʻladi.

Oʻzbekiston hududidagi Xorazm, Baqtriya, Kushon, Sugʻd, Parkana davlatlarida qad. yunon teatriga oʻxshash yoki boʻlmasa shohsupa shaklida oʻrtada kurilgan tomoshagohlar boʻlganligi maʼlum. Oʻrta asrlarda sozanda, xonanda, raqs va kulgi ustalari — masxara va muqallidlar tomosha koʻrsatuvchi tarabxonalar, ayvonlar va koʻshklar paydo boʻlib, ular S vazifasini oʻtashi ham koʻzda tutilgan. 20-a. ga kelib, zamonaviy shakldagi oʻzbek teatri uchun qishki va yozgi teatr binolari qurildi. Astasekin Sahnaning texnik jixrzlari, pardalari murakkablasha bordi. Shu kunlarda davlat tasarrufidagi 36 teatr turli koʻrinishdagi binolar va Sta ega. Oʻzbek milliy akademik drama teatri binosi oʻz joyida qayta qurildi va Sahnasi eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi; 2) keng maʼnoda — teatr.

Muhsin Qodirov.

Malumotlar
SAHNA