SAFOYEV Davron Iskandarovich

SAFOYEV Davron Iskandarovich

SAFOYEV Davron Iskandarovich (1932.30.12, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1961). 1951—71 y. lari Tojikistonda yashagan. 1971-y. dan Samarqand davlat opera va balet teatri (hoz. Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri)da bosh rassom. Ijodini «Xorpushtak» (Tojikiston) satirik jur. da bosh rassomlik bilan boshlagan (1953—55). Safoyev bezagan spektakllar: «Gulsanam», «Togʻ qizi», «Shoir qalbi», «Komde va Mudan», «Asrga teng kun», «Uygʻonish», «Samarqand afsonasi», «Muhabbat taronalari», «Alpomish» va b. S. shuningdek, portretlar («Hofiz Sheroziy», «Abdurahmon Jomiy», «Ota portreta» va b.), hajviy asarlar («Rais paxta teradi», «Dangasalar», «Nikoh va sud» va b.) muallifidir.

Ensiklopediya.uz
SAFOYEV Davron Iskandarovich