SAFOGARAY

SAFOGARAY

SAFOGARAY (15101549) Qozon xoni (1524—49). Qrim shahzodasi FotihGarayning oʻgʻli. Qozon taxtini amakisi SohibGaraydan soʻng egallagan. Safogaray hokimiyati yirik mulkdorlar tomonidan cheklangan edi. Qrim xonligi va Noʻgʻay Oʻrda bilan mustahkam aloqada boʻlib, Rossiyaga qarshi harbiy yurishlar qilgan (1535 — 37, 1541—42). Xalqharakatlari (1532, 1545—46, 1549), mulkchilik jarayonining chuqurlashuvi va Qrim mulkdorlarining saroydagi mavqelarini kuchayishi Safogaray hokimiyatini zaiflashtirgan. Uni ikki marta taxtdan agʻdarishgan. Safogaray davrida Qozon xonligining «togʻlik tomoni» aholisi (chuvashlar, togʻli mariylar va b.) rus fuqaroligini qabul qilgan.

Ensiklopediya.uz
SAFOGARAY