SAFAROV
SAFAROV Firudin Sattor oʻgʻli (1933. 1.8, Boku) — opera rejissyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1986). Ozarbayjon davlat konservatoriyasini (1957), Leningrad davlat konservatoriyasini (1968) tugatgan. 1953—64 y. lar Ozarbayjon simfonik orkestrida ishlagan. Ozarbayjonning birinchi professional opera rej. i. S. keng diapazonli rej. boʻlib, asarning gʻoyaviy-badiiy mazmuniga chuqur kirish, yorqin sahna tili va yuqori sahna madaniyati bilan ajralib turadi. 196977-y. lar M. F. Oxundov nomidagi Ozarbayjon davlat opera va balet teatrida, 1977— 86 y. lar Navoiy teatrining bosh rej. i, 1986-y. dan postanovkachirej. «Layli va Majnun», «Goʻroʻgʻli», «Pyotr I», «Faust», «Sadoqat», «Qargʻa motkasi», «Otello», «Maysaraning ishi», «Hayotbaxsh oʻlim»,«SayatNova», «Boʻron», «Iolanta», «Ona yuragi», «Xiva ordeni» kabi operalarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).
Ensiklopediya.uz
SAFAROV