SADOI TURKISTON

SADOI TURKISTON

«SADOI TURKISTON» («Turkiston ovozi») — jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1914-y. 4 apr. dan 1915-y. 10 apr. ga qadar Toshkentda oʻzbek tilida nashr qilingan. Gaz. Ubaydulla Asadullaxoʻjayev (Xoʻjayev) tomonidan tashkil etilgan va uning muharrirligida faoliyat koʻrsatgan. «ST.» V. M. Ilinning xususiy bosmaxonasida, har bir soni oʻrtacha 1000 nusxadan chop kilingan, obuna va chakana savdo yoʻli bilan tarqatilgan. Gaz. ni haftada 2-marta chiqarish koʻzlangan boʻlsada, ammo bunga erishilmagan. Gaz. haftada 1-marta 4 sahifada bosilgan.

Ensiklopediya.uz
SADOI TURKISTON