SACHRATQI

SACHRATQI

SACHRATQI, oddiy sachratqi (Cichorium intybus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik betona oʻt. Poyasi shoxlanadi, serbarg, bri 30—130 sm, pastki kismi oq tukli. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari havorang, barg qoʻltiqlarida kalta gulbandda tuptup boʻlib, poya uchida esa yakka savatchasimon toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1,5 m chuq. gacha kiradi. Sachratqi ildizida 20% gacha inulin bor (Yevropa mamlakatlarida dorivor ekin sifatida ekiladi). Mart—mayda oʻsa boshlaydi, iyul— okt. gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Asosan, sugʻoriladigan ekinlar orasida (bedazorlarda juda koʻp) uchraydi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl, dala, ariq yoqalari, bogʻlarda oʻsadi. Zararkunandalarga makon. Xalq tabobatida oftob urganda va sachrama toshmalarni davolashda poyasi kaynatmasi va kulidan foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
SACHRATQI