Sabzavotli parhez sho‘rva to’liq malumot oling

Sabzavotli parhez sho‘rva to’liq malumot oling

Kerakli mahsulotlar: 2 dona pomidor, 1 dona bulg‘ori qalampir, 50 g makkajo‘xori, 5 g zanjabil, 1 dona piyoz, 1 dona sabzi, 100 ml pomidor qayla, 1 g tuz, 1 g garmdori, 50 g sariyog‘, 50 g zaytun yog‘i.

sabzavotli parhez shorva 1

Tayyorlanishi:

Sabzi yarim doira shaklida, piyoz maydalab kesiladi, zanjabil archiladi.
Qalampir tozalanib, to‘g‘raladi.
Sariyog‘ qozonda eritiladi va piyoz, sabzi, qalampirni solib, qovuriladi.
To‘g‘ralgan pomidor va makkajo‘xori qo‘shiladi, ozgina qovuriladi.
Pomidor qaylasi, zanjabil, zaytun yog‘i, garmdori va tuz solinadi, suv quyib qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani issiq yok sovutilgan holda suzish mumkin.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/sabzavotli-parhez-shorva/

Pazanda
Sabzavotli parhez sho‘rva