SABZAVOT, POLIZ EKINLARI, KARTOSHKACHILIK INSTITUTI
SABZAVOT, POLIZ EKINLARI, KARTOSHKACHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkach il ik ilmiy tadqiqot instituti — Oʻrta Osiyoda sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohasidagi eng yirik ilmiy va metodik markaz. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. markazi tarkibida. 1960-y. da VASXNIL Oʻrta Osiyo filiali tarkibidagi Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi (1934) bazasida mustaqil i. t. in-ti sifatida tashkil etilgan. 1992-y. dan hozirgi nomda. Toshkent viloyati Toshkent tumani Koʻksaroy qishlogʻida joylashgan. In-tda 9 laboratoriya: sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi; oʻsimliklarni himoya qilish; agrokimyo; kartoshka ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi; biotexnologiya; oʻsimliklar fiziologiyasi va sifati; qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil qilish; sabzavotpoliz ekinlari va kartoshka yetishtirish texnologiyasi; himoyalangan maydon sabzavot chiligi mavjud (2004). Int tarkibida Markaziy tajriba xoʻjaligi va respublikaning turli tuproq-iqlim mintaqalarida joylashgan Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tayanch boʻlimlari bor. Tajriba xoʻjaligi va tayanch boʻlimlarining barcha sugʻoriladigan yer mayd. 800 ga dan ortiq. In-tda respublikamizning turli tuproqiqlim sharoitiga mos sabzavotpoliz oʻsimliklarining 25 ga yaqin turi boʻyicha seleksiya, urugʻchilik, kartoshka urugligini yetishtirish ishlari olib boriladi. Oʻtgan davr mobaynida in-t olimlari tomonidan 150 dan ortiq sabzavot-poliz ekinlari navlari yaratilib, ulardan 96 nav Davlat reyestriga kiritildi.
Ensiklopediya.uz
KARTOSHKACHILIK INSTITUTI, POLIZ EKINLARI, SABZAVOT