SABRON

SABRON

SABRON, Savron — Turkiston sh. ning shim. da mavjud boʻlgan qad. shahar va viloyat. Maxmud Koshgʻariyning yozishicha, Sabron yirik turk qabilasi — oʻgʻuzlar qoʻlida boʻlgan. Sabron 10-a. da kuchli chegara qalʼa hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan oʻralgan. 11-a. dan shahar bir necha asr oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda Sabron umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-a.) ham uning ajamlar (arab boʻlmagan xalqlar), yaʼni turkiy xalqlar shahri boʻlganligini taʼkidlaydi. Sabron oʻtuzlar hududi bilan qoʻshni turkiy qabilakimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan boʻlib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065-y. S saljuqiy sultonlardan boʻlgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-a. da Joʻji ulusining sharqiy kismi — Oq Oʻrdaga tobe boʻlgan. Amir Temurning Oltin Oʻrdaga kilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.

Ensiklopediya.uz
SABRON