Sabrning oxiri zafar. to’liq malumot oling

Sabrning oxiri zafar. to’liq malumot oling

Sabrning oxiri zafar.

Reja:

1. Sabr tushunchasi

2. Sabrning diniy talqini.

3. Sabr izzat va sharaf garovidir

1) Sabr lugʻatda “toʻsmoq”, “bogʻlamoq” demak. Istilohda esa nafsga xush keluvchi narsalarni tark etish, qazo va qadardagi ishlarga isyon qilmay boʻyin egish, balo va mashaqqat kelganida shikoyat qilmaslik maʼnolarini ifodalaydi.

Sabr — nafsning eng go’zal amallaridan biri bo’lib, qilinishi yaxshi va go’zal bo’lmagan narsalardan saqlanishdan iboratdir.

Sabr — Qur’on va sunnat ahkomlarida sobit turishdir.

Sabr — balo yetganda go’zal odob ila turishdir.

Sabr — istirob paytida qalbni sobit tutishdir».

2 Qur’oni Karimda sabrga da’vat ko’p takrorlanadi. Chunki Allohga toatda ham, gunohdan saqlanish, yo’ldagi to’siqlarni yengish uchun ham, zaiflik qilib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham sabr kerak bo’ladi.

O’tgan ulamolarimizdan birlari sabrni umumiy tarzda uchga bo’lganlar:

1. Alloh harom qilgan narsalardan va gunohdan saqlanishga sabr.

2. Toat va qurbat hosil qilish uchun sabr.

3. Yetadigan musibat va qiyinchiliklarga sabr.)

Musulmon katta-yu kichik musibatlarga, og‘ir bemorliklarga ham, tikon kirishiga ham sabr qilmog‘i gunohlariga kafforat bo‘lishi aytilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikon kirishmi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qiladi», dedilar.

3) Inson hayotda yashar ekan kutilgan va kutilmagan musibatlarga duchor boʻlishi tarbiyadir.

Gohida soligʻini yoʻqotsa, ba’zida yaqinlaridan judo boʻladi. Egallagan mansabida ajralishi ham ehtimoldan holi emas. Yana ba’zida xavf-hatatlar girdobiga tushib qoladi. Nima boʻlganda ham boshiga musibat tushgan mo’min oʻzini yoʻqotib qoʻymasligi,bu sinovlarni Yaratganni sinovi oʻlaroq qabul etib , unga chidamli boʻlish lozim. Trio kelgan odamga musibatlarini arz qilib ahvoldan shikoyat qilish, Alloh taoloning gʻazabini keltiradigan noma’qul ruhiy tushkunlikka tushib oʻrniga, aksincha, musibatni ulkan imkoniyat eshigi deb bilish va undan unumli foydalanib qolishlari kerak boʻladi.

Shuning ekan, azizlar! Boshqa har ne musibat tushganda ham alamdazalik qilib Allohga xush kelmaydigan ishlardan uzoq boʻlaylik. Balki, musibatni bandasiga arz qilmasdan uning ajrini Xoliq taolodan koʻraylik! Alloh taolo barchamizni shariat doirasida sobit qadam qilsin!

#sabr

Darsliklar
Sabrning oxiri zafar.