SABR

SABR

SABR — gʻam-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; oʻz ixtiyori b-n nafsni tiyish; qanoatli boʻlish. Islomda toʻgʻri yoʻddan adashmasdan borish uchun kishi oʻz mayllarini soʻndirishi lozimligi taʼkidlanadi. Sabr li boʻlish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qurʼonning bir necha oyatlarida musulmonlarning Sabr li boʻlishiga daʼvat bor. Hadislarda inson uchun Sabrdan yaxshiroq va ulugʻroq neʼmat ato etilmagani bayon qilingan. Kishi ogʻir paytda bardosh b-n, neʼmat yetganida shukr va yaxshilik bilan Sabr qilishi kerak. Tasavvufda Sabr turlicha talqin etiladi.

Ensiklopediya.uz
Sabr