SAAM TILI
SAAM TILI — fin-ugor tillaridan biri, boltiqboʻyi tillariga yaqin turadi. Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya mamlakatlarining shim. qismida, RF ning Kola yarim orolida tarqalgan. Saam tilida 50 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Saam tilining 2 lahjasi bor: gʻarbiy (Norvegiya va Shvetsiyada, Finlyandiyaning bir qismida) va sharqiy (Finlyandiyaning bir qismida va Kola yarim orolida). Mazkur mamlakatlarning har birida Saam tilining oʻziga xos adabiy shakllari mavjud.
Ensiklopediya.uz
SAAM TILI