SAAKADZE

SAAKADZE

SAAKADZE Georgiy (taxm. 1580, Peli qishlogʻi — 1629.3.10) — gruzin siyosat arbobi, sarkarda. 1608-y. Tbilisi mauravisi (hokimi). Gruziyani birlashtirish maqsadida kurash olib borgan, lekin saroy fitnasi natijasida Eronga ketishga majbur boʻlgan. 1620-y. Eron shoqi Abbos I yordamida Kartli podsholigining amaldagi hukmdoriga aylangan. 1623-y. Kartli va Kaxetida Saakadze rahbarligida Eronga qarshi yirik koʻzgʻolon koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar 30 minglik Eron koʻshinini tormor keltirishgan. Lekin 1625-y. jangda magʻlub bulishgan. Saakadze bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan. 1628-y. S. qoʻshinlari tormor keltirilgach, Turkiyaga qochgan; oʻsha yerda oʻldirilgan.

Ensiklopediya.uz
SAAKADZE