RUSTAVI

RUSTAVI

RUSTAVI — Gruziyadagi shahar (1948-y. dan). Kura daryosi boʻyida. Tbilisi sh. dan 27 km jan. sharkda. T. y. stansiyasi. Aholisi 162 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Rustavida qora va rangli metallurgiya korxonalari, «Azot» va «Ximvolokno» kimyo i. ch. birlashmalari, kransozlik, qurilish va yoʻl mashinalarini taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, metall konstruksiyalar, sement, «Sentrolit» zdlari, uysozlik, temirbeton buyumlar, kurilish materiallari, yogʻochsozlik korxonalari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
RUSTAVI