RUSTAVELI

RUSTAVELI

RUSTAVELI Shota (12-a.) — gruzin shoiri. Yangi gruzin tili asoschisi. Biografiyasiga oid maʼlumotlar «Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon» dostoni (1712) muqaddimasida uchraydi. Shoir Gruziyada Tamara (1184—1213) va uning eri David Soslani xukmronligi davrida davlat xazinachisi boʻlgan. «Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon» dostoni jahon adabiyoti durdonalaridan biri. Unda ijtimoiy, axloqiy masalalar adibning yuksak ideallari bilan qoʻshib talqin qilingan. Asarda qahramonlik, chin insoniy muhabbat, oliyhimmatlik, poklik ulugʻlangan, zulmkorlik qoralangan. Turli xalq vakillari — Avtandil (arab), Tariel (hind) obrazlari orqali xalqlar doʻstligi madh etilgan. Neston — Darijon misolida esa ayollarga xos ajoyib insoniy fazilatlar umumlashtirilgan. Asar qahramonlari baxt va adolat tantanasi uchun kurashuvchi kishilar boʻlib, ularda 12-a. da Gruziyada yashagan ilgʻor kishilarning eng yaxshi fazilatlari mujassamlashgan. Shoir qoʻrqoq va ikkiyuzlamachi shoxlarni qoralagan. Ammo insonparvar podsho boshchiligidagi yagona, birlashgan, kuchli davlat tuzilishini orzu qilgan.

Ensiklopediya.uz
RUSTAVELI