RUSTAMXON

RUSTAMXON

«RUSTAMXON» — oʻzbek qahramonlik romantik dostonlari turkumiga mansub asar. Taxm. 15—16-a. larda yaratilgan. Maʼlum gʻoya va voqelikka asoslangan epik syujet negizida yaratilgan 5 ta doston («Murodxon», «Rustamxon», «Sultonxon», «Oftob pari», «Rustamning yaralanishi»)dan iborat. Ular bosh qahramon Rustamxon va uning qarindoshlari (onasi Huroyim, xotini Oftoboy, otasi Sultonxon, bobosi Murodxon), yurti (Oqtosh) atrofida birlashgan. «Rustamxon» dostonlarida vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan, mardlik, chin sevgi, adolat ulugʻlangan. «Rustamxon» turkumi dostonlaridan «Murodxon» (1928) va «Rustamxon» (1937) Fozil Yoʻldosh oʻgʻlitya yozib olinib, nashr etilgan (1965). «Rustamxon»ning Mallaboy Hoshimov, Melash Ermatov, Olim Haqqulov kabi dostonchilardan yozib olingan variantlari ham bor. Ular Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tining folklor arxivida sakdanadi.

Ensiklopediya.uz
RUSTAMXON