«RUSTAMXON» dostoni haqida test
DO`STLARGA ULASHING:
1. «Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning
narsasiga ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dasturxoni)din x o‘broqdur»
fikrlari kimga tegishli?
A) Mavlono Lutfiy B) Alisher Navoiy
C) Nizomiy Ganjaviy D) Pahlavon Mahmud
2. Insonni hurlikka, haq-huquqini tanishga undaydigan «Haq berilmas,
olinur» hikmatining muallifi kim?
A) A. Qahhor B) A. Qodiriy C) Cho‘lpon D) Behbudiy
3. So‘zlash va yozish odobiga doir «So‘z so‘zlashda va ulardan jumla
tuzishda uzoq andisha kerak» hikmatining muallifi kim?
A) A. Qahhor B) A. Qodiriy C) Cho‘lpon D) Behbudiy
4. Quyidagi misralar muallifini toping.
Sen bu kun sinfda shod yurak bilan
Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
A) Hamid Olimjon B) Mirtemir
C) G‘afur G‘ulom D) Asqad Muxtor
5. Alisher Navoiy «Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q» degan xulosani
qaysi asarida keltiradi?
A) «Nazm ul-javohir» B) «Hiloliya»
C) «Risolayi muammo» D) «Sab’ati abhur»
6. Qahramonlarining asosiy qismi ma’naviy jihatdan boy insonlar bo‘lgan
«Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor»,
«Saddi Iskandariy» dostonlarining muallifi kim?
A) Mavlono Lutfiy B) Alisher Navoiy
C) Nizomiy Ganjaviy D) Turdi Farog‘iy
7. «Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z
milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda
yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin
egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin». Respublikamizning
Birinchi Prezidenti I.A. Karimovga tegishli bo‘lgan ushbu fikrlar qaysi
asardan olingan?
A) «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida»
B) «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
C) «Mustaqillik – barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam
mezonidir»
D) «Vatan ozodligi – oliy saodat»
8. «Rustamxon» dostonida safarga ketar chog‘ida Sultonxon Huroyimga
agar o‘g‘il tu g‘ilsa, qaysi ismni qo‘yishini aytadi?
A) Go‘ro‘g‘li ismini B) Rustamxon ismini
C) Alpomish ismini D) o‘z ismi – Sultonxonni
9. «Rustamxon» dostonida qayerlarning beklari Sultonxonning kelishini
ko‘rib, shunday maslahatda bo‘ldi: «Xalqdan yig‘ilgan t o‘sat-to‘sat, dastadasta lashkar tarqab ketgan. El-u xalq och-yalang‘och, bari tentirab qolgan.
Bularni otlantirib, Sultonxonning ustiga bosib bormoq bizning qo‘limizdan
kelmas. Ustimizga keldi, endi biz qancha mol-hol olib borib ko‘rmog‘imiz
darkor».
A) Urganch, Xorazm, Xeva, Toshkent
B) Urganch, Xorazm, Xeva, Dinkaman
C) Xorazm, Urganch, Xeva, Buxoro
D) Dinkaman, Urganch, Qo‘qon, Xeva
10. «Rustamxon» dostonida: «Oqtosh viloyatida daftari mastondan uch yuz
oltmish mastoni bor edi», – deya ta’riflanuvchi mastonlarning boshlig‘i kim?
A) Momogul B) Ximcha C) Oftoboy D) Huroyim
11. «Rustamxon» dostonida Momogul mastonga xizmati evaziga qancha
haq berishlarini aytishadi?
A) bir lagan kumush B) bir qop tilla va kumush
C) bir qop tilla D) bir sandiq tilla
12. «Keraga» so‘zining ma’nosini toping.
A) o‘tovning chetan (to‘qima devor)ga o‘xshatib ishlangan devori
B) o‘tovning chetan (to‘qima devor)ga o‘xshatib ishlangan eshigi
C) o‘tovning bo‘yra (qamish sholcha)ga o‘xshatib ishlangan devori
D) o‘tovning bo‘yra (qamish sholcha)ga o‘xshatib ishlangan eshigi
13. «Rustamxon» dostonida ajdahoni yengish uchun kutayotgan Rustam
ajdahoni har tarafga o‘t sochib, tog‘ ustidan qaysi ko‘lga tushib kelayotganini
ko‘radi?
A) Sariqqamish ko‘liga B) Charxin ko‘liga
C) Ko‘kqamish ko‘liga D) Hukumu ko‘liga
14. «Rustamxon» dostonida Rustamxon kimga uylanadi?
A) Huroyimga B) Ximchaga C) Momogulga D) Oftoboyga
15. «Rustamxon» dostonida Oqtosh mamlakatidagi kundoshlar Rustam va
Huroyimning hozir ham tirik ekanligi daragini eshitgach, qanday tadbir
qo‘llaydilar?
A) To‘rt yuz mirg‘azabni yuboradilar.
B) To‘rt yuz jallodni yuboradilar.
C) Sakkiz yuz jallod va mirg‘azabni yuboradilar.
D) Yana shum kampirni ishga soladilar.
16. «Rustamxon» dostonida kundoshlar yuborgan odamning yomonligidan
qutulgan Huroyim, Oftoboy va Rustamxon qaysi tog‘da baxtli yashay
boshlaydilar?
A) Bangligak tog‘ida B) Bahra tog‘ida
C) Hindukush tog‘ida D) Asqar tog‘ida
17.. «Rustamxon» dostonidan olingan ushbu satrlar kim tomonidan kimga
qarata aytilgan?
Beliga yarashgan zarrin po‘tasi,
Ko‘p bo‘ladi aytgan s o‘zning xatosi,
Siz bo‘p yurmang bizning xonning otasi,
Xabar ber, qalandar, qaydan kelasan?
A) Huroyim tomonidan qalandarga B) Ximcha tomonidan qalandarga
C) Huroyim tomonidan Sultonxonga D) Oftoboy tomonidan Sultonxonga
18. «Rustamxon» dostonida qaysi ayol obrazlariga xos go‘zallik, oqilalik,
sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli
tasvirlangan?
A) Oftoboy va Huroyim B) Huroyim va Momogul
C) Oftoboy va Oqqiz D) Ximcha va Momogul
19. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan
olingan?
Podsholiging menga ma’qul bo‘lmadi:
Otam tirik, so‘raybersin yurtini.
Cho‘l-u ko‘lni kezib o‘zim yuraman,
Yurishimni shohdin ziyod bilaman.
A) Oftoboy B) Rustamxon C) Sultonxon D) Huroyim
20. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz doston voqealari davomida juda
ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi?
A) Sultonxon B) Huroyim C) Oftoboy D) Rustamxon
21. Doston deb nimaga aytiladi?
A) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli epik asar.
B) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi o‘rta hajmli lirik asar.
C) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli liro-epik asar.
D) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi o‘rta hajmli liro-epik asar.
22. «Rustamxon» dostonidagi ajdarga asir bo‘lgan qiz kim?
A) Huroyim B) Ximcha C) Oftoboy D) Gulqiz
23. «Rustamxon» dostonida kim «nor kalla qo‘chqor» deb ta’riflanadi?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Qizil dev D) Oq dev
24. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz kundoshlari yurtidan quvganida
ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham,
o‘zligidan kechmaydi?
A) Momogul B) Huroyim C) Oftoboy D) Ximcha
25. «Rustamxon» dostonida oxir-oqibatda kim Oqtoshda podsholik qildi?
A) Oftoboy B) Rustamxon C) Sultonxon D) Huroyim
26. «Rustamxon» dostonida Bujul shahridan qaytib kelgan Rustamxon va
enasi qayerda yashar edilar?
A) Bahra tog‘idagi Oqrabotda B) Hukumu tog‘idagi Ko‘krabotda
C) Hukumu tog‘idagi Oqrabotda D) Bahra tog‘idagi Ko‘krabotda
27. «Rustamxon» dostonida Oqtoshdan bosh olib ketgan Rustamxon enasini
otga mindirib, tozilarini ergashtirib yo‘lga chiqadi va qayerdan qo‘nim topadi?
A) Jambildan B) Susanbildan
C) Hukumu tog‘idan D) Qurudumdan
28. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parcha kimlarning tilidan
kimga qarata aytilgan?
Eshit, momo, oyimlarning tilini,
Vayron qilsang bunda Oqtosh elini,
Xazon qilgin tar ochilgan gulini,
O‘lsin deymiz Huroyim ham ulini.
A) uch kundosh tilidan Momogul mastonga qarata
B) Oftoboy va Oqqiz tilidan Momogul mastonga qarata
C) uch kundosh tilidan Surxayl mastonga qarata
D) ikki kundosh tilidan Momogul mastonga qarata
29. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qayerlarning beklari
va xonlari haqida gap ketyapti?
«Bu yerlar tevaragidagi ellar, necha qo‘rg‘on so‘rab turgan beklar
ilgaridan ham bir-biriga ma’lum. Goh Sultonxonga boj berib, goh bermay
qaytib turar edi».
A) Urganch, Xorazm, Xeva, Toshkent
B) Dinkaman, Urganch, Qo‘qon, Xeva
C) Xorazm, Urganch, Xeva, Buxoro
D) Urganch, Xorazm, Xeva, Dinkaman
30. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketar chog‘ida taxtini kimga
topshirib ketadi?
A) qozikalonga B) Oftoboyga C) Huroyimga D) Gulzamonga
31. «Rustamxon» dostonida Sultonxonning nechta xotini bor edi?
A) to‘rtta B) uchta C) ikkita D) beshta
32. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketgach, Oqtosh
mamlakatida tashqarida kim arz so‘radi?
A) Gulanor B) Huroyim C) Ximcha D) Momogul maston
33. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz
ta’riflangan?
«Ko‘rdi: ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini
ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday. Ikki qo‘li orqasiga boylangan,
sochidan uyning keragasiga boylovli turibdi».
A) Huroyim B) Ximcha C) Oqqiz D) Oftoboy
34. «Rustamxon» dostonida kim Huroyimni zindonband qilib, uning
qiyofasiga kiradi va dev yordami bilan Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘ladi?
A) kundoshlar yuborgan mirg‘azab
B) kundoshlar yuborgan buqalamun
C) kundoshlar yuborgan Momogul maston
D) kundoshlar yuborgan sehrgar qiz
35. «Rustamxon» dostonida yolg‘iz o‘g‘li va Huroyimni izlab Oqrabotga
kelgan Sultonxonni dastlab kim ko‘rib qoladi va «belida kamarlari tilladan:
qaddi-jasadi kelbati Rustamga keladi» deya Rustamning otasi ekanligini
anglaydi?
A) Huroyim B) Oftoboy C) Momogul D) Ximcha
36. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz soddadil, mard va qo‘rqmas,
jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida
gavdalanadi?
A) Oftoboy B) Huroyim C) Sultonxon D) Rustamxon
37. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlarda qo‘llanilgan «lanqa»
so‘zining ma’nosini toping.
«Rustam otasini chopibdi» degan
Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.
A) ta’na B) yolg‘on C) qo‘pol D) achchiq
38. Quyidagilar ichidan xalq og‘zaki ijodidagi ishqiy-sarguzasht dostonlarni
toping.
1) «Go‘ro‘g‘li»; 2) «Ravshan»; 3) «Rustamxon»;
4) «Alpomish»; 5) «Oshiq G‘arib va Shohsanam».
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5
39. «Rustamxon» dostonida Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘lgan Momogul kampir
kimdan yordam so‘raydi?
A) Oq devdan B) Qizil devdan
C) ikki kundoshdan D) Oftoboydan
40. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan
olingan?
Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi,
Tavba qilib o‘zi axtarib keldi,
Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi?
Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma,
«Rustam otasini chopibdi» degan
Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.
A) Momogul B) Huroyim C) Oftoboy D) Ximcha
41. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz o‘ylamay qaror qabul qiladigan,
o‘zgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho bo‘lsa-da, zaif shaxs
sifatida tasvirlanadi?
A) Oftoboy B) Huroyim C) Sultonxon D) Rustamxon
42. «Rustamxon» dostonidan olingan ushbu satrlar kim tomonidan kimga
qarata aytilgan?
Shu ko‘ylarga soldi qodir Xudoyim,
Xarob bo‘lib qoldi u manzil-joyim,
Havoga davr olib bo‘z qarchig‘ayim,
Shu gulshanga qo‘ndimi deb so‘rayin.
A) qalandar tomonidan Huroyimga
B) qalandar tomonidan Ximchaga
C) Sultonxon tomonidan Huroyimga
D) Sultonxon tomonidan Oftoboyga
43. «Rustamxon» dostonida Rustamxonning qaysi ishidan keyin ajdahor
behush bo‘ladi?
A) dumini g‘o‘la qilib kesib tashlaganidan keyin
B) boshiga qilich solganidan keyin
C) cho‘qmor bilan urganidan keyin
D) na’ra tortganidan keyin
44. «Rustamxon» dostonida Rustamxon ajdahorni o‘ldirgach, uni necha
g‘o‘la qilib kesib tashlaydi?
A) o‘ttiz uch g‘o‘la B) oltmish g‘o‘la
C) qirq bir g‘o‘la D) yigirma ikki g‘o‘la
45. «Rustamxon» dostonida keltirilgan «mazgil» so‘zining ma’nosini toping.
A) ko‘cha B) manzil C) yana D) tag‘in
46. «Rustamxon» dostonida safarga ketar chog‘ida Sultonxon Huroyimga
agar qiz tug‘ilsa, qaysi ismni qo‘yishini aytadi?
A) Parizod B) Ximcha
C) Gulzamon D) «O‘zing bilasan » deydi.
47. «Rustamxon» dostonida: «Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan
yomon», – degan gapni kim kimga qarata aytadi?
A) Sultonxon Huroyimga B) Sultonxon Ximchaga
C) Huroyim Sultonxonga D) Huroyim Ximchaga
48. «Rustamxon» dostonida Sultonxon qaysi mamlakatni Oqtosh yurtiga
qo‘shib olmoqchi bo‘ladi?
A) Qurudum mamlakatini B) Bujul mamlakatini
C) Qudash mamlakatini D) Jambil mamlakatini
49. «Rustamxon» dostonida ikki kundosh kimdan qutulish uchun Momogul
maston bilan til biriktiradilar?
A) Huroyimdan B) Oftoboydan C) Sultonxondan D) Ximchadan
50. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz
tasvirlangan?
Alifday qomating, xipcha belingdan,
Menga bayon ayla o‘sgan elingdan,
Xabar olmay hech kim sening holingdan,
Bu yerlarga qanday nomard boyladi?
A) Huroyim B) Ximcha C) Oqqiz D) Oftoboy
51. «Rustamxon» dostonida Rustamxon Bujulda necha kun podsho bo‘ladi?
A) uch kun B) besh kun C) qirq bir kun D) yetti kun
52. «Rustamxon» dostonida Sultonxon yolg‘iz o‘g‘li va Huroyimni izlab
Oqrabotga kelganda Rustam qayerga ketgan edi?
A) Tog‘ga boshpana izlash maqsadida ketgan edi.
B) Dalaga mehnat qilgani ketgan edi.
C) Ko‘lga baliq tutishga ketgan edi.
D) Ovga ketgan edi.
53. «Rustamxon» dostonida qaysi obrazda tengsiz go‘zallikka xos teng
fahm-farosat, zukkolik ham mavjud, uning bu fazilatlari Sultonxon o‘z
qilmishlariga tavba qilib, o‘g‘li va xotinidan kechirim so‘rash uchun kelgan
paytda ham ko‘rinadi?
A) Momogul B) Huroyim C) Oftoboy D) Ximcha
54. Quyidagilar ichidan xalq og‘zaki ijodidagi qahramonlik dostonini toping.
A) «Go‘ro‘g‘li» B) «Ravshan» C) «Rustamxon» D) «Alpomish»
55. «Rustamxon» dostonida nima uchun Qizil dev shum kampirni o‘ldirib,
Rustamxonni ozod etadi?
A) shunday yigit shum kampirning o‘g‘li emasligiga aqli yetganligi sabab
B) Rustamxon Qizil devni o‘limdan qutqarib qolganligi sabab
C) shum kampir mastonlari Qizil devga tinchlik bermayotganligi sabab
D) Huroyimdek onaning yig‘lab qilgan nolishi sabab
56. «Rustamxon» dostonida Sultonxonni kechirgan Huroyim va Rustamxon
birgalikda qayerga yo‘l olishadi?
A) Bujul shahriga B) Oqtosh eliga
C) Qurudum shahriga D) Qudash shahriga
57. «Rustamxon» dostonida ajdahor zulmidan qutulgan qaysi shahar va
uning shohi Rustamni shohlikka ko‘taradilar?
A) Qurudum shahri B) Bujul shahri
C) Qudash shahri D) Jambil shahri
58. «Rustamxon» dostonida Bujulda biroz muddat podsho bo‘lgan
Rustamxon so‘ngra qayerga yo‘l oladi?
A) otasidan o‘ch olgani Qurudumga
B) suyukli yori Ximchaning yoniga
C) enasi va tozi itlari yoniga
D) jallodlardan o‘ch olgani o‘z yurtiga
59. «Rustamxon» dostonida soxta arznomaga ishongan Sultonxon
Huroyimga qanday jazo tayinlaydi?
A) Toshbo‘ron qilib, dorga osishni buyuradi.
B) Yuz darra urib, boshini tanasidan judo qilishni buyuradi.
C) Shahardan haydab, dorga osishni buyuradi.
D) Shahardan haydab, qoyadan tashlab yuborishni buyuradi.
60. «Rustamxon» dostonida jallodlar Huroyimni o‘ldirmoqchi bo‘layotganlarida uni kim qutqarib qoladi?
A) Sultonxon B) Oftoboy C) Rustamxon D) Ravshan
61. «Rustamxon» dostonida Huroyimning kanizi kim?
A) Oqqiz B) Bahragul C) Gulanor D) Ximcha
62. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketgach, Oqtosh
mamlakatida ichkarida kim arz so‘radi?
A) Gulzamon B) Huroyim
C) Ximcha D) Momogul maston
63. Sultonxon ketmoqqa ixtiyor qilib, taxti-baxtini kimga topshirarining
hisobini topmay, amalini, davlatini hech kimga ishonmay, hayron bo‘lib
qolganida kim(lar)dan maslahat so‘raydi?
A) qozikalonlardan B) qo‘rg‘onbegilardan
C) Momogul mastondan D) Ximchadan
64. «Rustamxon» dostoni qachon va kim tomonidan yozib olingan?
A) 1938-yil Bola baxshi tomonidan
B) 1937-yil Hodi Zarif tomonidan
C) 1939-yil Fozil Yo‘ldosh tomonidan
D) 1936-yil Ergash Jumanbulbul tomonidan
65. «Rustamxon» dostonida Sultonxon qaysi yurtning hukmdori edi?
A) Oqtosh B) Bujul C) Jambil D) Susanbil
66. «Rustamxon» dostonida Sultonxon xotinlarining qanday aybi bor edi?
A) Gapira olmaydigan aybi bor edi.
B) Eshita olmaydigan aybi bor edi.
C) Tug‘maydigan aybi bor edi.
C) Ko‘rmaydigan aybi bor bo‘lib, o‘zga din vakillari edi.
67. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketishidan oldin oldiga
suyunchi deb chiqqan kishiga qavsi lavozimni berishini aytadi?
A) qo‘rg‘onbegi B) qozikalon C) vazir D) bakovul
68. «Rustamxon» dostonida Sultonxon nima maqsadda o‘zga mamlakatga
safar qiladi?
A) boshqa mamlakatlarning urf-odatlarini ko‘rib kelish uchun
B) xalqqa xavf solib turgan ajdarhoni yengish va yurtga tinchlik keltirish
uchun
C) sehrli tilsimni qo`lga kiritish va tilsim sirini ochish uchun
D) farzandli bo‘lganda quvonganidan yuragi yorilib o‘lmasligi uchun
69. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz
ta’riflangan?
«Ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay,
qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi, qanday odam ko‘rsa, bu
kampirdan hazar qilib uzoqqa ketar edi, yomonlik izlab borgan odamning
ishi mastondan bitar edi».
A) Huroyim B) Momogul C) Surxayl D) Oftoboy
70. «Rustamxon» dostonida bir o‘limdan qolgan Rustamni kim parvarish
qiladi?
A) Oftoboy B) Ximcha C) Huroyim D) Xadicha
71. «Rustamxon» dostonida kundoshlar yuborgan odam Huroyimni zindonga
solgach, uni zindondan kim qutqaradi?
A) Bahragul B) Ximcha C) Oftoboy D) Xadicha
72. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar kim tomonidan kimga
qarata aytilgan?
Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,
Seni ko‘rgan odam bo‘lar beqaror.
Oy-u kundan ziyod sening husning bor
Ne qildi seni boylab giriftor?
A) Rustam tomonidan Huroyimga B) Rustam tomonidan Oftoboyga
C) Sultonxon tomonidan Huroyimga D) Sultonxon tomonidan Oftoboyga
73. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz oqila kelin, suyukli yor sifatida
gavdalanadi?
A) Oftoboy B) Huroyim C) Momogul D) Ximcha
74. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz
ta’riflangan? « … tangalar evaziga Huroyim ustidan fitna-g‘iybat to‘la arznoma
yozdiradi, firib bilan Oqtosh ahliga tasdiqlatadi va Sultonxonga olib
boradi».
A) Surxayl B) Ximcha C) Oqqiz D) Momogul
75. «Rustamxon» dostonidagi: «Ko‘r ko‘rni qorong‘ida topadi», – degan
maqolga mos keladigan obrazlarni toping.
A) mirg‘azablar, ikki kundosh va maston kampir
B) Qizil dev va maston kampir
C) Oftoboyning ikki kundoshi va maston kampir
D) Huroyimning ikki kundoshi va maston kampir
76. «Rustamxon» dostonida Momogul mastonni kim o‘ldiradi?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Qizil dev D) ikki kundosh
77. «Rustamxon» dostonida Huroyim Sultonxonning nechanchi xotini edi?
A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) beshinchi
78. «Rustamxon» dostonida Sultonxon qaysi mamlakatga safarga ketadi?
A) Bujul mamlakatiga B) Qudash mamlakatiga
C) Qurudum mamlakatiga D) Jambil mamlakatiga
79. «Rustamxon» dostonida Sultonxonning xizmatida necha mahrami bor
edi?
A) 700 mahrami B) 600 mahrami C) 500 mahrami D) 900 mahrami
80. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz
ta’riflangan?
«Tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan
gulcha, bellari xipcha, o‘zi suluv oyimcha».
A) Huroyim B) Ximcha C) Oqqiz D) Gulanor
81. «Rustamxon» dostonida kim shunday yigit bu shum kampirning o‘g‘li
emasligiga aqli yetib, kampirning o‘zini o‘ldirib, Rustamni qutqaradi?
A) Oq dev B) Ximcha C) Qizil dev D) Oftoboy
82. «Rustamxon» dostonida Rustam va Huroyim haqidagi haqiqatni bilgan
Sultonxon o‘z gunohini yuvish va ulardan avf so‘rash ilinjida qanday qiyofaga
kirib, yurt kezadi, o‘g‘li va Huroyimni qidiradi?
A) qalandar qiyofasiga B) bazzoz qiyofasiga
C) o‘tinchi qiyofasiga D) sarrof qiyofasiga
83. «Rustamxon» dostonida doston voqealari rivojida qaysi qahramonning
qo‘rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko‘rish mumkin?
A) Oftoboyning B) Rustamxonning
C) Sultonxonning D) Huroyimning
84. «Rustamxon» dostonida Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni
qilich bilan chopmoqchi bo‘lganida, qaysi obrazning o‘ziga xos mulohazali
ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko‘zga tashlanadi?
A) Momogulning B) Ximchaning C) Oftoboyning D) Huroyimning
85. «Rustamxon» dostonida Ka’ba istab Sultonxon bilan yo‘lga chiqqan
qalandarlar soni nechta edi?
A) qirqta B) oltmishta C) yigirmata D) yuzta
86. «Rustamxon» dostonida «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi»
jumlasi qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) Huroyim B) Sultonxon C) Rustamxon D) Oftoboy
87. «Rustamxon» dostonida Rustamxon qizga ajdahodan qutilganini qanday
isbotlab beradi?
A) Ajdahoning dumini olib kelib ko‘rsatadi.
B) Ajdahoning qoziq tishini olib kelib ko‘rsatadi.
C) Ko‘lda yotgan ajdahoning jasadini ko‘rsatadi.
D) Bir g‘o‘ladan uzun bir tasma olib ko‘rsatadi.
88. «Rustamxon» dostonida ko‘p yillik ayriliqlardan so‘ng o‘z yurtiga qaytib
kelgan Sultonxon va Huroyim ularning boshiga turli fitnalarni solgan
dushmanlarini qanday aniqlaydilar?
1) G‘aznavonlardan ikki kundoshning uch qop tilla olib, mastonga
berganliklarini so‘rab biladilar;
2) Ularni ko‘rgani hamma kelib, yolg‘iz dushmanlari kelmaganligidan
shubhalanadilar;
3) Amaldorlar bilan maslahat qilib, bir necha sirlarni bilib oladilar;
4) G‘aznavonlardan dushmanlarining to‘rt qop tilla olganliklarini biladilar.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2 D) 1, 3
89. «Rustamxon» dostoni kimning tilidan yozib olingan?
A) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tilidan B) Hodi Zarif tilidan
C) Kichik Bo‘ron tilidan D) Po‘lkan shoir tilidan
90. «Rustamxon» dostonida safarga ketar chog‘ida Sultonxon Huroyimga
qancha vaqtda kelishini aytadi?
A) 9 yilda B) 7 yilda C) 10 yilda D) 14 yilda
91. «Rustamxon» dostonida Rustamxonning ismini kim qo‘ygan?
A) Sultonxon B) Ximcha C) Gulzamon D) Azbarxo‘ja
92. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan
aytilgan?
Oh ursam, to‘kilar ko‘zimning yoshi,
O‘limdan qaytarmi, bilgin, mard kishi,
Bundan qo‘rqib ketmoq nomardning ishi!
Ushbu damdir, o‘zga damni dam dema.
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Huroyim D) Oftoboy
93. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz fitnaga aldanib, oilasidan, xotini va
farzandidan ajraydi, doston so‘ngida o‘z xatolarini tushunib yetadi hamda
xotini va o‘g‘lidan kechirim so‘raydi, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishga kirishib,
yomonlarni jazolaydi?
A) Sultonxon B) Avazxon C) Dostonxon
D) Rustamxon
94. Doston janriga mos ta’rifni toping.
A) Xalq og‘zaki ijodining kichik epik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiysarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon
qiluvchi asar.
B) Xalq og‘zaki ijodining o‘rta epik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiysarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni faqat
nazmda bayon qiluvchi asar.
C) Xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiysarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni faqat
nasrda bayon qiluvchi asar.
D) Xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiysarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon
qiluvchi asar.
95. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz
ta’riflangan?
«G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt
bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi…»
A) Qizil dev B) Momogul maston C) Surxayl maston D) ajdarho
96. «Rustamxon» dostonida «Adashganning oldi yo‘l» maqoli qaysi obraz
tilidan berilgan?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Huroyim D) Oftoboy
97. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada kimlar haqida gap
ketyapti?
Gunohkor ikkovi, qo‘lin boylanglar,
Turmasin, shahardan darrov haydanglar;
Kim yomonlik qilsa, jazosin ko‘rsin,
Hech tirik qolmasin, ikkovi o‘lsin.
A) Oftoboyning ikki kundoshi B) Rustamxon va Oftoboy
C) Sultonxonning ikki xotini D) Huroyim va Rustamxon
98. «Rustamxon» dostonida shohlikni rad etib, polvonlik va botirlikni mashq
qilishni odat qilgan qahramon kim?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Avazxon D) Xolmo‘min
99. Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi
bois ularning qanday turlari mavjud?
1) qahramonlik dostonlari; 2) romantik – ishqiy-sarguzasht dostonlar;
3) tarixiy dostonlar; 4) ijtimoiy dostonlar;
5) realistik dostonlar.
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5
100. «Rustamxon» dostonida Sultonxon nechanchi xotinidan farzandli
bo‘ladi?
A) to‘rtinchi B) uchinchi C) ikkinchi D) birinchi
«RUSTAMXON» dostoni haqida test
Related Posts