RUSTAM MIRZO

RUSTAM MIRZO

RUSTAM MIRZO (13811424) — temuriylarayan. Umarshayx Mirzoning 2oʻgʻli. Iroq va Fors hukmdori (1414 — 24). 1403-y. Amir Temur R. M. ga Isfahon hukmronligini bergan. 1406-y. da u akasi Pirmuhammad Mirzo Sheroziy (1379— 1410) va Umar Mirzo bilan birgalikda Abubakr Mirzoga qarshi urush qilgan. Xarbura mavzeida boʻlgan bu jangda uning qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi. Keyinchalik akaukalar oʻrtasida paydo boʻlgan ixtilofga P. M. ning beklaridan amir Sayd Barlos oʻz «hissasi»ni qoʻshgan. P. M. ukasi Iskandar Mirzo bilan ittifoq tuzib, akasi Pirmuhammad Mirzoga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Biroqtezda u Iskandar Mirzo bilan ham ixtilofga boradi va jangda magʻlubiyatga uchrab (1410), Kora Yusuf turkman huzuriga yordam soʻrab ketadi. 1412-y. da u Tabriz orqali Isfahon, soʻngra Hirotga kelgan. 1414-y. Shohrux uni Iskandar Mirzo oʻrniga Iroq va Fors hukmdori qilib tayinlaydi. Fursatni gʻanimat bilgan P. M. oʻz ukasi Iskandar Mirzoning 2 koʻziga mil torttirib, koʻr qiladi va keyinchalik qatl qildiradi (1415-y. iyun). P. M. ning 2 oʻgʻli boʻlib, ular otasi tirikligida vafot etishgan.

Ensiklopediya.uz
RUSTAM MIRZO