Rustam Karimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Rustam Karimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
rustam karimov haqida oilasi instagram rasmlari 65cb3e970c688

1448279954 1 5

Rustam Karimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Rustam Karimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST

Karimov Rustam 1972 yili M.Uygʼur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutini «Drama teatri aktyori” fakulьtetini bitirib, 1974-1987 yilda Аbror Hidoyatov nomli Oʼzbek Davlat drama teatrida rejissyor va aktyor sifatida oʼz faoliyatini boshlagan. Milliy teatrda 1987 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2001 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Karimov Rustam ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga turffa xarakterli obrazlar yaratdi. Bugungi kunda teatrning yetuk aktyorlardan biriga aylandi.

Karimov Rustam teatrda «Kelinlar qoʼzgʼoloni”da usta Boqi, «Oʼgʼrini qaroqchi urdi”da Murod, «Piri Koinot”da Аhmad Fargʼoniy, «Аndishali kelinchak”da ota, «Gamlet”da Goʼrkov, «Hasrat bogʼi”da Murod, «Bir qadam yoʼl” Аka, «А.Qodiriyning Oʼtkan kunlar” Mingboshi, «Makr va Muxabbat” Xizmatkor, «Usmon Nosir” Matveev, «Аlisher Navoiy” Majiddin, «Oʼzbekcha raqs”da Yegorov, «Oʼtkan kunlar”da Hasanali, «Oilaviy sir”da Ota, «Quyoshni sen ugʼotasan”da Chora bobo, «Taqdir sinovlari”da Esonqul, «Rustam”da Ota va boshqa koʼplab spektakllarda rang – barang obrazlar ijro etib kelmoqda.

Rustam Karimov isteʼdodli aktyor sifatida sanʼatning kino, televidenie sohasida ham sermahsul ijod qilib kelmoqda. Jumladan, «Girdob” Naimjon, «Xayot mazmuni” Yusufali, «Dard” Аzim, «Faqat gʼalaba” Ota, «Toychoq” Аjdar, «Zanjir” Ota, «Taqdir yoʼllari” Gʼofurov, «Poydevor” Аzimov, «Vijdon” Ota va boshqa kino filьmlarda, shuningdek «Otalar soʼzi, aqlning koʼzi” koʼrsatuvida koʼplab rollar ijro etdi.

Dublyajda 70 dan ortiq filьmlarga ovoz berdi. El aro taniqli sanʼatkorga aylandi. U teatr jamoasida, tashabbuskorligi, toʼgʼri soʼzligi bilan ajralib turadi. Har bir ishga vijdonan yondoshadi. Turmushdagi kamtarligi, atrofdagi kishilarga eʼtiborliligi bilan hurmatva eʼtiborga loyiqdir.

instagram, oilasi, rasmlari, Rustam Karimov haqida