Rust haqida taassurotlarim

Rust haqida taassurotlarim

Rust haqida taassurotlarim

Language features. Rust yangi til bo’lgani uchun u ko’p modern konseptlarini allaqachon o’z ichiga oladi: generics, optionals, lambdas, async, va hkz. Fikrimcha, bu tilni ancha kuchli qiladi.

Compiler. Compiler ancha aqlli va foydali. Qilgan xatolaringizni tushinarli formatda ko’rsatib beradi. Qo’shimchasiga, «shuni nazarda tutdingmi» kommentlari ko’p xolatda to’g’ri chiqadi.

Syntax. Rust bezbetlarcha boshqa dasturlash tillaridan (Python, Go, Kotlin, vhz) syntax «o’g’illagan» va shuning uchun ham ancha ko’zimga tanish/toza ko’ridni. Syntax yoqdi.

Pattern matching. Rustning match operatori oldida Javaning switch operatori o’yinchoqdek ko’rindi. Rustning match operatori nafaqat enum balki hamma data structurelar bilan ishlay oladi va juda serqirra.

Error handling. Error handling uchun Rust men bilgan boshqa tillardan o’zgacha yo’l tutgan. Exception bilan ishlashni o’rniga, Rust oddiy Result enum ishlatadi — metodlar yoki Result.Ok(T) yoki Result.Err(E) qaytaradi. Bilmadim bu qanchalik yaxshi yondashuv.

Inheritance. Rustda inheritance yo’q. O’rniga trait va structlar orqali qandaydir natijaga erishsa bo’ladi. Bu qanchalik ishlashini tushunishim uchun Rustni chuqurroq o’rganib real proyektlarda ishlatishim kerak bo’ladi.

Memory safety. Bu mavzu bo’yicha ozgina research qildim — biz bilgan ko’p tillar ham memory safe ekan (Python, Java, JavaScript, C#, Go, Dart, va hkz). Allaqachon memory safe til bilishimni hozirgacha bilmas ekanman — love you, java!

Xop, unda nega Rustni hamma osmonga otyapti? Sababi Rust memory safety’ni compile timeda xal qilib runtimeni tezlashtirgan. Agar uncha tushunmagan bo’lsangiz, hech qisi yo’q, memory safety haqida alohida post yozishga harakat qilaman.

Low level. Rust mening asosiy Java tilimdan «pastroqda» turgani va C/C++ bilimim yo’qligi tufayli xotirani boshqarishga oid ko’p terminlar menga yangi bo’ldi (borrowing, moving, mutable references, exclusive references, va hkz).

Umuman olib aytganda menga Rust yoqdi va umid qilaman kelajakda Rust bilan ko’proq ishlayman.

Manba:

Umumiy Dasturlash
Rust haqida taassurotlarim