Rus tilini o`rganish foydali, ammo unga rasmiy til maqomini berish – yo`l qo`yib bo`lmas xato
Keyingi uch yil davomida maktablardagi 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishi zarurligi ta’kidlandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi vakant o‘rinlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.
Prezident: xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo‘nalishi tanlab olinib, alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan.
O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.
Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta’lim muassasasida o‘qitish chet tilida olib borilmoqda. 2016-yilda ular atigi 7 ta edi. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o‘quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o‘tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko‘pdir.
Lekin, joylardagi ahvol maqsad qilingan katta rejalarga mos emas. Xususan, ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchisi lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda. 1 ming 400 ta maktabda chet tilini o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz. Bu tizimdagi o‘qituvchilarning atigi 4 foizi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega. Xonobod va Quvasoy shaharlari, Zafarobod, Mirishkor, To‘rtko‘l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o‘qituvchi yo‘q. Maktablardagi chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan.
Yig‘ilishda tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.
– Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Bu Agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.
Shuningdek, vazirlik, idora va boshqa ish beruvchilar bilan birga, xizmatchilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beradigan metodikalarni ishlab chiqib, sharoitga moslagan holda, amaliyotga joriy etadi.
Davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish metodikalarini yaratish ham uning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi.
Agentlik xorijiy tillarni bilish reytingini ham yuritadi. Chet tili o‘qituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda malaka toifalarini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, Agentlik “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri orqali, aholining barcha qatlamiga mos bo‘lgan metodika, tavsiya va darsliklarni ishlab chiqadi hamda joriy etadi.
Toshkent davlat jahon tillari va Sharqshunoslik universitetlari, Samarqand chet tillari instituti bilan bir qatorda, har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo‘yicha tayanch muassasa sifatida belgilanadi.
Davlatimiz rahbari o‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malakasiga qarab ularni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.
Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama berilishi belgilandi.
Bundan tashqari, yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Kelgusi yildan boshlab, ishga qabul qilinayotgan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi.
Keyingi uch yil davomida maktablardagi 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishi zarurligi ta’kidlandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi vakant o‘rinlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.
Chet tillarini chuqur o‘rgatish maqsadida tuman va shaharlarda 207 ta maktab tanlab olindi. Ushbu maktablarda xorijiy kitoblar, ilg‘or o‘quv dasturlari va metodikalaridan erkin foydalanish hamda fanlarni chet tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyat hokimliklariga maktablarda chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berildi.
Ixtisoslashgan maktablar va oliy o‘quv yurtlariga til egasi bo‘lgan xorijlik o‘qituvchilarni jalb qilish, har bir tumanda tanlov o‘tkazib, chet tili o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish muhimligi aytildi.
Davlatimiz rahbari chet tillari bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash uchun Prezident sovrinini ta’sis etish taklifini bildirdi.
Bunda tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida tanlov o‘tkaziladi. Tuman va shahar bosqichida 1-o‘rinni olgan maktablar 100 million so‘mdan, viloyat bosqichi g‘oliblari 250 million so‘mdan, mamlakatimiz miqyosidagi eng yaxshi maktab esa 500 million so‘m miqdorida mukofotlanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari ham mos ravishda rag‘batlantiriladi. Ushbu maktablarning direktor va o‘qituvchilari davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.
O‘qitish sifati xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo‘llanmalarga ham bog‘liq. Shu bois, ingliz tili bo‘yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o‘tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq etish vazifasi qo‘yildi. Bunday ishlar rus, nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo‘yicha ham tashkil etiladi.
Sohadagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishlari, yangi adabiyot va qo‘llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o‘qituvchisiga byudjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Maktabgacha ta’lim vazirligiga YuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqib, joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, 16 mingtaga yetkazilishi, davlat granti esa 3 baravarga oshirilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, kelgusi yildan boshlab, magistratura va doktoranturaga kiruvchilar uchun chet tili bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi. Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etiladi. Tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha xorijiy darslik va qo‘llanmalardan erkin foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Chet tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20 ta o‘rin ajratiladi.
Britaniya kengashi, Gyote instituti, Fransuz alyansi, KOIKA, JAYKA, Konfutsiy instituti kabi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, nodavlat o‘quv markazlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda til o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, haftaning bir kunini belgilab, xorijiy tillarni o‘rganish uchun sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Til o‘rgatuvchi videodarslar, film va ko‘rsatuvlar yaratish, elektron dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Videoselektor yig‘ilishida mutasaddi rahbarlar va o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Rus tilini o`rganish foydali, ammo unga rasmiy til maqomini berish – yo`l qo`yib bo`lmas xato
Shu yil 1 may kuni www.minbar.uz veb-saytida “Sopi o`zidan: o`zbek faollari rus tiliga rasmiy maqom bermoqchi” xabari chiqdi. Unda bildirilishicha, bir guruh o`zbek faollari O`zbekiston qonunchiligiga o`zgartirish kiritib, rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifi bilan chiqishgan (aynan rasmiy til maqomi, davlat tili maqomi emas! Ko`pchilik manbalarda rus tiliga davlat tili maqomi berilsin, deyilibdi deb yozishyapti, bu – xato).
Ammo “Minbar.uz”da ko`rsatilganidek, faollar atigi uch nafar emas, balki ko`pchilikni tashkil etadi. Taklif mualliflari o`zbek xalqining atoqli olimlari, fan, madaniyat, adabiyot va san`at namoyondalaridir. Men asl manba, ya`ni www.vesti.uz saytida e`lon qilingan “Russkiy yazk nam ne chujoy” deb nomlangan manifestni sinchiklab o`qib, o`rganib chiqdik.
Ba`zi masalalarda mualliflar fikrini qo`llaymiz. Birinchisi, rus tili – fan tili ekanligi (xohlaymizmi, yo`qmi, istalgan sohada ilmiy izlanish olib bormoqchi bo`lgan inson rus tilini bilmasa, olim bo`la olmaydi, u ingliz tilini mukammal darajada bilsa-da, baribir to`laqonli ilmiy ish yoza olmaydi, chunki qaysi soha bo`lishidan qat`iy nazar, juda ko`p ilmiy manbalar rus tilida. Bundan tashqari, minglab Xalqaro ilmiy konferensiyalarning ishchi tillaridan biri sifatida, albatta, rus tili qayd qilinadi). Ikkinchisi – rus tili MDH davlatlari aholisi uchun hali ham o`zaro muloqot tili ekanligi, ya`ni rus tilini bilgan odam MDHning istalgan hududida tarjimonsiz harakat qila olishi, yashashi va ishlash mumkinligi. Uchinchisi – shu paytgacha o`zbek adabiyoti va san`ati namunalarining ko`pchiligi asosan rus tili orqali jahonga mashhur bo`layotganligi, chunki o`zbek tilidan boshqa tillarga to`g`ridan-to`g`ri tarjima qilish endi yo`lga qo`yilyapti. To`rtinchisi – rus tili BMT, KXShT, ShHT, MDH va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili ekanligi. Beshinchisi, Rossiya-O`zbekiston munosabatlarining yangi sifat bosqichiga ko`tarilgani. Ayniqsa, oliy ta`lim sohasidagi hamkorlikning boshida shaxsan Prezidentlarning o`zlari turganligi. Rossiyadan O`zbekiston ta`lim tizimiga juda katta hajmdagi investisiyalarning kiritilayotganligi.
Yaqinda O`zbekistonda atom sanoati rivojlanishni boshladi, Lavrov O`zbekistonda AES qurish uchun joy ajratilganini ma`lum qildi, atom sanoatini rus tilisiz qanday tasavvur qilish mumkin? Bu sohadagi kadrlarni o`zbek tilida tayyorlaymizmi? O`zbeklarda oldindan umuman denotati va tushunchasi bo`lmagan sohaning terminologiyasini rus tilidan emas, qadimgi turkiy tildan olamizmi? Nahotki, millionlab odamlarning hayot-mamoti, xavfsizligi bilan bog`liq sohaga rus tilini bilmaydigan, ya`ni shu sohaning haqiqiy bilimdoni bo`lmagan odamlarni ishga qo`yamiz? Oltinchisi, farzandlarimizga bizdan anchayin yiroq bo`lgan ingliz tilini zo`r berib o`rgatib yotibmiz, hatto ba`zi bolalar inglizcha tush ko`rayotganliklarini aytishmoqda, ammo yaqin qo`shnilar bilan munosabatimiz va kelajagimiz bilan bog`liq muhim sohalarda o`ta zaruriy bo`lgan rus tilini bolalarimizga nima uchun o`rgatmaslik kerak?
Bu fikrlarni o`zini hurmat qiladigan, o`zini dunyoviy odam deb biladigan, rus tili orqali MDH davlatlarida, umuman, dunyoning ko`plab hududlarida erkin muloqot qila olish qobiliyatiga ega bo`lgan insonlar qo`llab-quvvatlaydi, albatta. Ammo o`zbek ziyolilarining rus tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishni oshirish, uning kundalik hayotimizdagi rolini to`g`ri baholashga yo`naltirilgan fikrlarini ma`qullagan holda ularning ayrim fikrlariga nisbatan qarshi fikrlarimni ham bildirmoqchiman.
Birinchidan, murojaat mualliflarining fikricha, rus tiliga rasmiy til maqomini berish va buni qonunchilikda mustahkamlash vaqti etgan. Bu – noto`g`ri fikr. Biz shu kungacha buning aksini qilishga urinib yotibmiz, axir! Ya`ni, davlatning qonunchilik va rasmiy ish yuritishida, sud jarayonida, ta`limda o`zbek tilining mavqei va nufuzini oshirishga intilib, oxirgi 30 yil davomida turli sohalarning terminologik lug`atlarini yaratishga harakat qilyapmiz-ku! Internetda o`zbek tilining qo`llanish doirasini kengaytirish, uni butun dunyo global tarmog`ida munosib o`rin egallashi uchun tinmay mehnat qilayotgan paytimizda bunday taklif – absurddan o`zga narsa emas.
Baraka topgurlar, axir buning teskarisi uchun kurashishimiz, ya`ni o`zbek tilining Davlat tili sifatida BARChA SOHALARDA qo`llanishiga erishish, tom ma`nodagi o`zbek tilida ish yuritish tizimini yaratish ustida tunu kun tinmay izlanishimiz shart va zarur emasmi? Axir bunga davlat miqyosida ahamiyat berilyapti-ku, bu borada maxsus “Yo`l xaritasi” qabul qilinganligini ular bilmas ekanmi? Axir “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini ta`minlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o`rganish natijalari to`g`risida” 2018 yil 15 noyabrdagi KQ-456-III son qarori asosida ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2018 yil 24 dekabrda tasdiqlangan “Yo`l xaritasi” mavjud. Unda belgilangan chora-tadbirlardan hammani xabardor qilish, ularning ijrosi uchun faqat tor doiradagi mutaxassislar emas, balki butun o`zbekistonliklar mas`ul ekanliklarini anglatib qo`yish zarur! Balki shunda yuqoridagidek absurd takliflar bildirilmas edimi?
Ikkinchidan, mualliflar kirill yozuvining keng imkoniyatlari haqida gapirib, lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga o`tish xato bo`lganligi va buning oqibatida ko`pchilik savodsiz bo`lib qolganligini ta`kidlaydi. Bu fikrga aslo ham qo`shilib bo`lmaydi, zero bugungi hayotning shiddati va zamon talabi buning aksini isbotlab turibdi. Davlat va hukumat miqyosida bu borada ham muhim hujjatlar qabul qilingan. Xususan, Bosh Vazir va davlat maslahatchisi tomonidan 2018 yil 15 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo`yicha Harakatlar rejasi” tasdiqlangan. Ishonch bilan aytish mumkinki, kirill yozuvi asosidagi o`zbek tili alifbosi – o`tmish. Kelajagimiz faqat lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi bilan bog`liq.
Uchinchidan, mualliflar bildirgan fikr va takliflar har bir oilaga, har bir shaxsga individual tarzda taalluqli bo`lib, yuqorida ta`kidlaganimizdek, rus tilini o`rganish foydali va zarur, ammo unga respublika miqyosida rasmiy til maqomini berib, bu haqda tegishli qonun hujjatlariga o`zgartirish kiritish – yo`l qo`yib bo`lmaydigan xatodir. Bu holat o`zbek tilining rivojiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, uni nufuziga putur etkazib, uning taraqqiyotini yana necha yillar ortga surib yuborishga sabab bo`ladi.
To`rtinchidan, 2019 yilning mart oyida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7 bob, 29 moddadan iborat “Davlat tili to`g`risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, u mutaxassislarning muhokamasiga taqdim etilgan edi. Xususan, Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida Bosh Vazir tomonidan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”ning 1-bandi, ya`ni “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasini tayyorlash yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh o`z faoliyati davomida soha mutaxassislari, jamiyat a`zolari tomonidan bildirilgan mulohazalar to`la o`rganib chiqdi va ularni inobatga olgan holda “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasini O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etdi. Jumladan, ushbu loyihada 1995 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 2-, 7-, 8-, 10-, 13-, 16-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 24- moddalariga o`zgartirish zarurligi dalillangan. Ta`kidlash zarurki, universitet tomonidan ishlab chiqilgan Qonunning yangi tahriri huquqiy sohada va milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni o`zida to`liq aks ettirish hamda “Davlat tili haqida”gi Qonunga to`g`ridan-to`g`ri amal qilish, uning ijrosini so`zsiz ta`minlash, shu kungacha davlat va jamiyatda ko`zga tashlangan ko`plab muammolarga echim topishga yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Murojaat mualliflari ichida yuristlar bor, ular bu haqda atayin bilib turib takliflar bildirgan bo`lishi mumkin. Xudo ko`rsatmasin, bu yangi tahrirdagi Qonunga rus tiliga rasmiy til maqomi berilishi haqidagi modda kiritilsa bormi, o`zbek tilining shundoq ham o`ta nozik mavqei butunlay yo`q bo`ladi. Bu xatoni kelajak avlodlar sira kechirmaydi! Shuning uchun jamoatchilik birlashgan holda “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasiga bu moddaning kiritilishiga yo`l qo`ymasligimiz shart va zarur.
Inomjon Azimov,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o`zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori,
filologiya fanlari nomzodi,
Laylo Raupova, filologiya fanlari doktori
Saodat Muhamedova, filologiya fanlari doktori
3-4 yoshli bola bilan logopedik mashg’ulotlar. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish
So’nggi yillarda talaffuzida nuqsoni bo’lgan bolalarda sezilarli o’sish kuzatilmoqda. O’n yil oldin, rasm boshqacha edi. Eng ko’p uchraydigan muammolar – burr, tovushlarni buzish, talaffuz qilish qiyin bo’lganlarni almashtirish yoki qoldirish. Ushbu turdagi nuqsonlar yumshoq deb hisoblanadi va dislokatsiya deb nomlanadi. Nutqni terapevt bilan sinfda sozlash ancha oson.
Ammo nutq buzilishlarining yanada murakkab variantlari mavjud. Ularning sabablari markaziy asab tizimining mag’lubiyatiga bog’liq bo’lib, unda tilning yoki butun pastki jag’ning normal ishlashi bilan bog’liq muammolar mavjud. Bunday nuqsonlarni tuzatish juda va juda qiyin. Shu bilan birga, hushtak va hushtak tovushlarini aytib, bola tilini tishlari orasidan chiqarib tashlaydi, shuning uchun hushtak ovozi o’rniga u “f” (“mafina” – “mashina” o’rniga) tovushiga ega. “R” tovushining noto’g’ri talaffuz qilinishi (guttural yoki uning to’liq yo’qligi) ham juda keng tarqalgan. Qoida tariqasida, nutq terapiyasi mashg’ulotlari 3-4 yoshli boladan, ba’zan esa undan oldinroq boshlanadi.
Nutq terapiyasi buzilishlarining tabiati
Murakkab nuqsonlar bir qator sabablarga ko’ra paydo bo’ladi, masalan, homiladorlik paytida ona tomonidan yuqadigan yuqumli kasalliklar, tug’ilish travması yoki xomilalik gipoksiya. Agar tug’ilgan bola keyinchalik jiddiy kasallikka duch kelgan bo’lsa, natijada asab tugunlarining shikastlanishi bilan qon aylanishining yomonlashishi va natijada nutq nuqsonlari bo’lishi mumkin.
Maloklüzyon ham sabablardan biridir va ba’zi bir buzilishlarning manbai (masalan, tomoq “p”) hatto chaqaloqni kattalardan kimgadir taqlid qilishi mumkin, u ham nutqni buzadi. Bundan tashqari, bola rivojlanish uchun juda zararli bo’lgan zamonaviy multfilm qahramonlarini nusxalashi mumkin.
Savodsizlik to’g’ridan-to’g’ri noto’g’ri talaffuzga bog’liq.Shuning uchun har bir maktabgacha yoshdagi bolaning ota-onasi bolaning nutq nuqsonlari vaqtida tuzatilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Muammo ota-onalarning bolalarda nutq nuqsonini aniqlay olmasligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Har qanday chaqaloq yorilib ketadi va u o’z-o’zidan yo’qoladi deb ishoniladi.
Qachon tashvishlanishni boshlash kerak
Ammo ko’pincha, logoped bilan muntazam mashg’ulotlar ajralmas hisoblanadi. Agar bir yarim yoshli chaqaloq alohida so’zlardan qanday iboralar qilishni bilmasa yoki ikki yoshli bolada deyarli nutq bo’lmasa, nutq terapevtiga murojaat qilish kerak bo’ladi. Ehtiyotkor ota-onalar tomonidan nutq terapiyasi mashg’ulotlarini rejalashtirish, bola rivojlanishining dinamikasini hisobga olgan holda oldindan amalga oshiriladi.
Nutqni terapevt bolalarning har biri bilan alohida ishlaydi. Bitta tovushni ishlab chiqarish, qoida tariqasida, bir necha seanslarda sodir bo’ladi. Agar rivojlanishda jiddiy nuqsonlar mavjud bo’lsa, nutq terapiyasi mashg’ulotlarida qatnashish ancha uzoq davom etadi.
Shunday qilib, buzilishlarning sababi tilning juda zich frenumidir, ammo organik lezyonlar mavjud emas. Keyin uyda siz chaqaloq bilan cho’zish mashqlarini bajarishingiz kerak. Bunda sizga nutq terapevti darslari yordam beradi.
Ota-ona oilasi hamma narsaning asosidir
Ko’pincha oilada chaqaloq bilan ko’p gaplashish odat tusiga kirmaydi. Ular u bilan yumshoq “bolalarcha” tilda muloqot qilishlari mumkin. Yoki u oilaviy janjallarning guvohiga aylanadi. Ushbu holatlarning barchasida, qoida tariqasida, nutqning rivojlanishi to’xtatiladi.
Uy sharoitlari yaxshi bo’lishi til qobiliyatlarini normal rivojlanishi uchun juda muhimdir. Siz har doim chaqalog’ingiz bilan – o’ynash yoki yurish paytida, ovqat paytida va yotishdan oldin gaplashishingiz kerak. Kichkintoyingizga she’r yodlashni va kitoblarni ovoz chiqarib o’qishni unutmang.
Agar siz o’g’lingiz yoki qizingizning ovozli talaffuzini kichik bir buzilishini ham qayd etgan bo’lsangiz, o’zingizni muammodan chetlab o’tirmang. Uyda nutq terapiyasi mashg’ulotlarini tashkil qilish mumkin, ixtisoslashgan adabiyotning foydasi hozir o’n tiyin. Masalan, siz maxsus qo’shiqlarni kuylash bilan o’yinni tashkil qilishingiz mumkin. Va faqat uy vazifasi kerakli natijani bermasa, mutaxassisga tashrif buyurish haqida o’ylashingiz kerak.
Sizga logopedik bolalar bog’chasi kerakmi?
Ko’pincha, ota-onalar chaqalog’ini oddiy bolalar bog’chasiga emas, balki nutq terapiyasiga berishga intilishadi. U erda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun qulay sharoitlar mavjud degan fikr bor. U erga borish haqiqatan ham muhimmi? Agar shunday bo’lsa, qaysi yoshda? Bolalar bog’chasida nutq terapiyasi mashg’ulotlari haqiqatan ham sizning farzandingizga foyda keltiradimi?
Qoida tariqasida 3-4 yoshdan kichik bolani mutaxassislar qo’liga topshirish juda samarali emas. Ota-onalar ilgari nutq terapevtiga murojaat qilib, eng kichiklari bilan muvaffaqiyatli kurashishlari mumkin. U sizga bir qator tadbirlar va kerakli mashqlarni aytib beradi. 3-4 yoshli bola bilan logopedik mashg’ulotlar allaqachon doimiy ta’sir ko’rsatishga qodir.
Ota-onalarning bolalar bilan aloqasi juda katta. Bu chaqaloq bilan doimiy to’g’ri va faol og’zaki muloqot, barmoq gimnastikasi, ko’plab nutq o’yinlari, qo’l massaji, nozik vosita mahoratini rivojlantirishga mo’ljallangan maxsus mashqlar, rasm chizish, modellashtirish va hk.
U erga qachon borish kerak
Ko’pincha 3-4 yoshga to’lmagan chaqaloq nutqidagi nuqsonlar fiziologik hisoblanadi. Agar to’rt yoshga to’lganida nutq mustaqil ravishda tuzatilmagan bo’lsa, mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin. Bu vaqtga kelib, bolaning dastlabki nutq qobiliyatlari allaqachon shakllangan bo’lishi kerak edi. Va shuning uchun chaqaloqni nutq terapiyasi bolalar bog’chasiga berish mantiqan.
Ikkinchisining afzalligi – bu mutaxassis bilan shaxsiy darslarda ota-onaning vaqtini va pulini tejash. Davlat bog’chalarida bepul nutq terapiyasi mashg’ulotlari mavjud. Agar guruhga tashrif buyurishning afzalliklari uzoq vaqt davomida topilmasa, ehtimol siz umumiy nutqni rivojlantirish uchun sizga nutq terapevti-defektolog xizmatiga muhtoj bo’lasiz.
Chaqaloq bilan muloqot qilishda onalarga va ayniqsa, buvilarga ta’sir qiladigan kulgili bolalarcha tildan abadiy voz kechishga harakat qiling.Yuqorida aytib o’tganimizdek, bunday “buzuq” usulda muloqot oddiy bolalar nutqining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
4 yoshgacha bola nimaga qodir bo’lishi kerak
Ammo oilada hamma to’g’ri gapirsa ham, muammolar mavjud bo’lsa ham, xafa bo’lishga shoshilmang. Uyda 3-4 yoshli bola bilan logopedik mashg’ulotlarni tashkil qilish unchalik qiyin emas. Va bu erda asosiy narsa chaqaloq nutqiga sezgir munosabat va har qanday o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishdir.
Odatda, ikki-uch yoshli bolaning so’z boyligi mingga yaqin so’zni tashkil qiladi. To’rt yoshli bola, odatda, predloglar va nutqning turli qismlari yordamida biron bir narsani aytib berishi yoki ta’riflashi, oddiy dialog qurishi kerak. Ammo uning vokal apparati hali ham etarli darajada o’qitilmagan bo’lishi mumkin, shuning uchun murakkab fonemik tuzilmalarning sof talaffuzi olinmaydi.
Agar nutqning buzilishi hatto 5-6 yoshda bo’lsa ham, bu o’ylash uchun jiddiy sababdir. Artikulyatsion gimnastika bilan bog’liq quyidagi oddiy mashqlar ota-onalarga uyda natijalarga erishishga yordam beradi.
Uyda bola bilan mashg’ulotlar
Tilning qisqa frenini 5 yoki 10 daqiqaga cho’zish uchun har kuni quyidagilarni bajaring. Boladan yuqori labini til bilan yalab, tuyoqli otga o’xshab tishlarini urishga taklif qiling, og’zini kengroq oching va tili bilan yuqori tishlariga etib borishga harakat qiling.
Har bir inson miyaning nozik vosita mahoratiga va nutqni rivojlantirishga mas’ul bo’lgan sohalari o’zaro bog’liqligini biladi. Ya’ni, bola qo’llarini va barmoqlarini qanchalik epchillik bilan ishlatsa, nutq bilan bog’liq muammolar shunchalik kam bo’ladi.
Nutq terapiyasi mashg’ulotlari, hushtak chalish tovushlarini (“s”, “z”) talaffuzini o’rgatish, shuningdek hushtak chalishni (“w”, “w”, “h” va “u”) o’rgatish uchun oddiy mashqlar mavjud. Bundan tashqari, “p” va “l” tovushlari bilan bog’liq muammolar tez-tez uchraydi, ammo buni o’zingiz uyda tuzatishingiz mumkin. Jismoniy mashqlar paytida bolani o’zini tutish uchun oldiga oynani qo’yib o’tirish kerak. Uyda nutq terapiyasi darslari “p” har doim ham “etkazib berolmaydi”, bu tovush eng qiyinlardan biri hisoblanadi va odatda mutaxassisning aralashuvini talab qiladi.
Mashqlar namunalari
- “Quvur” mashqlari. Chaqaloqni tishlarini yopishlarini iltimos qiling, lablarini iloji boricha trubka bilan cho’zing. Tilni ko’tarishda pastki labning harakatsiz qolishiga ishonch hosil qiling. Jismoniy mashqlar 3-5 marta takrorlanishi kerak.
- “Kubok” mashqlari. Og’zingizni kengroq oching, tilingizni chiqarib oling va uchini va qirralarini ko’tarib, uni chashka shaklida shakllantirishga harakat qiling. Siz ma’lum bir sonni hisoblayotganingizda, bolani tilini shu holatda saqlashga harakat qiling. Shuningdek, mashq 3-5 marta takrorlanadi.
- “Rassom” mashqlari. Tabassum qiling, keyin og’zingizni oching. Shundan so’ng, tilning uchi bilan, xuddi cho’tka kabi, osmonni ichkaridan “bo’yab” qo’ying.
- “Barabanchi”. Tilning uchi bilan tishlarning yuqori qatori orqasida, og’zini ochiq holda tezda urish. Boshqasi – tilning uchini yuqori va pastki tishlar uchun navbatma-navbat olib tashlash. Jismoniy mashqlar hisobidan amalga oshiriladi.
- “Biz murabbo yeymiz”. Og’zingizni ochib jilmaying. Pastki jag’ning harakatsizligini kuzatib, yuqori labni keng yalang.
Mashqlarni bajarishni tugatgandan so’ng, muammoli tovushlarni o’z ichiga olgan so’zlarni takrorlashga o’ting. Siz ular bilan oldindan kartalarni tayyorlashingiz mumkin. Siz ishlayotgan ovoz dastlab bir necha marta alohida (7 dan 10 gacha), keyin so’zlar bilan takrorlanishi kerak. Tilni burish mosligini to’g’ri so’zlar bilan tanlash juda foydali, ularning talaffuzi kamchiliklarni tuzatishni juda tezlashtiradi.
Nutqning buzilishi qaerdan kelib chiqadi?
Nutqdagi nuqsonlar kattalarda ham paydo bo’lishi mumkin – jiddiy operatsiya, travma yoki jiddiy hissiy tajriba tufayli. Bu yaqin kishining yo’qolishi yoki o’limi, ajralish, jiddiy moliyaviy muammolar bo’lishi mumkin. Nutq etishmovchiligi, shuningdek, tovush talaffuzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy organlar – til, tishlar, lablar, bo’g’im va gırtlak mushaklari, shuningdek, tanglay shikastlanganda paydo bo’ladi.
Bu miya yarim korteksida joylashgan va nutqimiz uchun mas’ul bo’lgan markazga zarar yetganda yuz beradi. Hatto surunkali hissiy stress ham nutq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Oddiy nutq tilning barcha harflarini istisnosiz aniq va ravshan talaffuzini anglatadi. Bunday nutq ritmik va suyuq bo’lishi kerak. Agar ma’ruzachining so’zlarini tushunish qiyin bo’lsa, bu shubhasiz buzilishdir. Kattalar va nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bir xil nutq nuqsonlariga ega. Ular orasida soqovlik, duduqlanish, lanjlik, ba’zi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilinmasligi va boshqa ko’p narsalar mavjud.
Nutq patologiyalari turlari
Eng keng tarqalganlari:
- Afoniya. Ushbu atama buzilgan fonatsiya (ya’ni noto’g’ri talaffuz) degan ma’noni anglatadi. Afoniya (yoki disfoniya) patologik xarakterga ega bo’lgan nutq apparatlaridagi o’zgarishlar natijasida rivojlanadi.
- Dislaliya eshitish qobiliyati va grammatik jihatdan to’g’ri nutqi bo’lgan kattalar yoki bolaning fonetik nutq nuqsonlari deyiladi.
- Duduqlanish – vokal apparati bilan bog’liq mushaklarning konvulsiv qisqarishida yuzaga keladigan buzilish turi. Bu nutq tempini, uning ritmini va muntazamligini buzish sifatida aniqlanadi.
- G’ayritabiiy sekin nutq tezligida o’zini namoyon qiladigan yana bir buzilish deyiladi bradilaliya.
- Aksincha (odam tez gapirganda) – taxilaliya.
- Rinolaliya – nutq apparatini tashkil etuvchi organlarning anatomik tabiatining buzilishi bilan bog’liq nutq patologiyasining bir turi. Bu buzilgan ovoz talaffuzida va ovoz tembrida ko’rinadi.
- Dizartriya – miya yarim korteksi va nutq apparati o’rtasidagi aloqani ta’minlaydigan asab tugunlari etarli darajada ishlamay qolganda buzilishning bir turi.
- Afazi markaziy asab tizimining shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqning to’liq yoki qisman yo’qolishini anglatadi.
- Agar bola yoki kattalar nutqi kam rivojlangan bo’lsa, bu ko’pincha miya yarim korteksining shikastlanishi bilan sodir bo’lsa, biz gaplashamiz alaliya.
Mutaxassislar sizga yordam berishadi
Ro’yxatdagi anomaliyalarning sabablari turli xil omillar bo’lishi mumkin. Bular tiqilib qolmagan tanglay yoki yuqori lab, g’ayritabiiy tishlash, jag’lar noto’g’ri shakllanishi, lablar, til yoki tishlarning nuqsonlari kabi tug’ma nuqsonlardir. Orttirilgan kasalliklar LOR a’zolari yoki markaziy asab tizimi kasalliklarida uchraydi. Qonunbuzarliklar doimiy yoki vaqtinchalik bo’lishi mumkin.
Yosh bolalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularning har biri nutqni rivojlantirish kabi hodisaning qat’iy individual yo’nalishiga ega. Logopedik mashg’ulotlar nafaqat ixtisoslashtirilgan bog’chada, balki har bir bolalar bog’chasida o’tkaziladi.
Agar sizning bolangiz logopedik mashg’ulotlarga yuborilgan bo’lsa, siz rad etmasligingiz kerak – ular bolaga hech qanday zarar etkazmaydi va foydalari inkor etilmaydi.
3-4 yoshli bolalar uchun logopedik mashg’ulotlar ikki shaklda mavjud – individual yoki guruh. Mutaxassis (individual) bilan yakka tartibdagi mashg’ulotlar eng samarali hisoblanadi. O’z navbatida, bir guruh bilan shug’ullanish, chaqaloq o’zini yanada qulay va qulay his qiladi.
Shaxsiy nutq terapiyasi darsi
Bu nutqni rivojlantirish darslari nima? Ular odatda oddiy o’yinlar va mashg’ulotlar shaklida bo’ladi. Bolalar ko’pincha ular bilan qandaydir maqsadga muvofiq ish olib borilayotganini tushunishmaydi. Nutqni terapevt bilan ular o’ynashadi, o’yin-kulgi va zavq olishadi.
Bola odatda buzilish har qanday alohida tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilishdan iborat bo’lganda individual nutq terapiyasi darsiga yuboriladi. Maxsus tanlangan o’yinlar va mashqlar yordamida logoped nuqsonni to’g’irlaydi. Agar chaqaloq duduqlansa, til uchun allaqachon aytib o’tilgan mashqlar (shuningdek, boshqalar) nafasni to’g’ri taqsimlash mahoratini o’rgatish bilan birlashtiriladi.
Qo’shiqlar kuylash, bola to’g’ri nafas olishga mashq qiladi va duduqlanish o’z-o’zidan yo’qoladi.Asta-sekin, bolalar o’zlarining nafas olishlarini boshqarishni o’rganadilar va bu ko’nikma qanchalik yaxshi o’zlashtirilsa, ular duduqlanishdan bir marta va umuman xalos bo’lish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.
Frontal darslar
Guruh nutq terapiyasi mashg’ulotlari (aks holda ular frontal deb nomlanadi) nutqni rivojlantirishda har xil nogiron bolalar o’rtasida o’tkaziladi. Bularga nafaqat talaffuz va eshitish muammolarining buzilishi kiradi. Masalan, go’dak juftlashgan tovushlarni ajrata olmasligi mumkin. Xuddi shu ketma-ketlikning boshqa muammolari – nutq grammatikasini buzish, og’zaki so’zlar o’rtasidagi aloqaning yo’qligi.
Sinflar uchun guruhlar bir xil yoshdagi, nutqida nuqsoni bo’lgan 6-8 kishi miqdorida tanlanadi. Logopedik rejalar so’z boyligini kengaytirish va fonemik eshitish qobiliyatini yaxshilashning umumiy maqsadini o’z ichiga oladi. Bolalar maqsadga muvofiq ravishda og’zaki nutqqa o’rgatiladi, individual darslarda o’rganilgan ko’nikmalarni amaliy rivojlantirish bilan shug’ullanadilar. Ko’pincha, ko’pchilik bolalar ham guruhda, ham individual ravishda shug’ullanadilar.
“Kuz” mavzusidagi logopedik dars
Qanday qilib fasllar kabi muayyan mavzudan foydalangan holda bolalar bilan tuzatuv darsini qurishingiz mumkinligini ko’rib chiqing. Keling, “kuz” darsini o’tkazaylik. Xonani sariq barglar bilan bezatib, sentyabr yoki oktyabr oylarida o’tkazish yaxshidir.
Darsda nutq terapevti kuz va tabiat hodisalari mavzusidan foydalanib, mavzu bo’yicha so’z boyligini kengaytiradi va faollashtiradi, bolalarni avval rasmlardan individual gaplar tuzishni, so’ngra ulardan – izchil hikoya qilishni o’rgatadi. Yo’l davomida bolalar to’liq jumla bilan javob berish va nutq va harakatlarni muvofiqlashtirish qobiliyatlarini kuchaytiradilar.
“Kuz” mavzusidagi logopedik dars mashg’ulotlar va o’yinlar orqali tuzatish va rivojlanish rejasi – barmoq gimnastikasi yordamida nozik motorli ko’nikmalarni takomillashtirish, xotirani rivojlantirish, fikrlash masalasini hal qiladi. Bolalar rus shoirlarining kuz haqidagi she’rlarini o’rganadilar, “Kuz o’rmonining tovushlari” musiqasini tinglaydilar, kuzgi ob-havo belgilarini sanab chiqadilar, “kuz” mavzusidagi jumboqlarni taxmin qiladilar.
Bolalar barglar guldastalarini to’playdilar, barmoqlarini mushtlariga siqib qo’yadilar (nozik vosita mahoratlari), barglarda puflaydilar, kuzgi shamolni tasvirlaydilar (nafas olish mashqlari).
Biz uyda davom etamiz
Nutqni terapevt darslari beradigan ko’nikmalar oilada, uyda ishlab chiqilishi va mustahkamlanishi kerak. Buning uchun mutaxassislar ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib boradilar, uy vazifasini qurish uchun eng batafsil tavsiyalar berishadi.
Bu erda ko’p narsa muammolarni hal qilishda ota-onalarning mas’uliyatli yondashuviga bog’liq. Agar onam yoki dad bolaning nutqini rivojlantirish uchun kuniga bir necha daqiqalarni muntazam ravishda ajratib turishga dangasa bo’lmasalar, unda muvaffaqiyat kutib bo’lmaydi. Bu holda ota-onalarning eng muhim vazifasi – bolaga aloqa qilish va jamoat oldida so’zlash qo’rquviga qarshi kurashda o’ziga ishonch hissini qo’shishga yordam berishdir.
Kelajakdagi onalar va dadalar bolasini rag’batlantirishlari kerak. Hatto eng kichik muvaffaqiyatni ham qadrlash kerak. Natijada, chaqaloqning o’zini o’zi qadrlashi o’sib boradi, keyingi yutuqlarga turtki bo’ladi.
Ehtiyotkor bo’ling
Shu bilan birga, juda g’ayratli bo’lmaslik va printsipial ravishda bolani doimo faqat to’g’ri tuzilgan so’zlar va iboralarni ishlatishga majbur qilish kerak. Bu keraksiz stressga olib keladi, bu chaqaloqni o’qishdan xalos qilishi mumkin. U bola bo’lib qolsin. Sizga yana bir bor eslatib o’tamiz – 3-4 yoshli bola bilan nutq terapiyasi mashg’ulotlari faqat o’yin shaklida qurilishi kerak!
Chaqaloq bilan mashqlar mavjud muammolarga e’tibor qaratmasdan, tushunarsiz bajarilishi kerak. Natijada, agar bola xafa bo’lsa yoki tushkunlikka tushsa, bunday mashg’ulotlar muvaffaqiyat keltirmaydi. Siz chekinish va tajovuzkor reaktsiyadan boshqa hech narsaga erisha olmaysiz.
Sinflar orasidagi intervallarda, u o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketishi mumkin bo’lgan xatolar bilan avvalgidek gaplashishiga imkon bering. Bir vaqtning o’zida ota-onalar chaqaloqning o’zi nutqning to’g’riligini boshqarishga harakat qilayotganini bilib hayron va xursand bo’lishadi.
Nozik motorikani rivojlantirish uchun bolaga har bir barmoqni massaj qilish, ularni bukish va bukish, stol o’yinlarini o’ynash foydalidir. Tez-tez chaqalog’ingiz qum tarkibidagi don yoki skripkani ajratib turishiga imkon bering. Uyda har qanday quyma materiallar buning o’rniga mos keladi. Artikulyatsion gimnastika haqida unutmang. Iloji boricha o’qishga e’tibor bering, chaqalog’ingiz bilan oddiy qo’shiqlar va qofiyalarni o’rganing.
Bolalarni chet tillariga o‘rgatishni qachon boshlash kerak?
Farzandini sevadigan va kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir ota-ona u tug‘ilganidan boshlab zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishini orzu qiladi. Chet tillarini bilish ham juda muhim zamonaviy mahoratlardan biri hisoblanadi.
Til bilan shug‘ullanish va til bilan tanishish orasidagi farqlar
Gap aynan bolalarni chet tillaridan biriga (ko‘pincha – ingliz tili) o‘rgatish haqida ketganda, ota-onalar “til bilan shug‘ullanish” va “til bilan tanishish” orasidagi aniq farqni tushunishlari kerak.
Ko‘pchilik zamonaviy o‘qituvchilarning fikricha, 5 yoshdan kichik bolalar bilan til bo‘yicha shug‘ullanishning foydasi yo‘q. Mashg‘ulotlarda ma’lum bir darajadagi diqqat-e’tibor va berilgan vazifalarni ketma-ket bajarish ko‘zda tutiladi.
Kichkina bolalarga esa buning nafaqat qizig‘i yo‘q va og‘ir, balki aynan chet tillariga o‘rgatishni erta boshlash kelajakda uning bu tilni o‘rganish istagi va qiziqishini so‘ndirishi mumkin.
Til bilan tanishishni esa aksincha, iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Ruhshunoslar tomonidan kichkina bolalarning yon-atrofda eshitganlarining hammasini qabul qilishlari va keyinchalik gaplarni tuzishda tanish bo‘lgan tovushlar birikmasidan foydalanishlari isbot qilingan.
Farzandingiz 1,5—2 yoshda bo‘lsa-da uyingizda haligacha chet tilidagi so‘zlar hech qachon aytilmagan bo‘lsa ham siz bundan xavotirlanib o‘tirmang. Bolalar 3—4 yoshgacha juda tez qabul qiluvchan bo‘lishadi. Va til bilan tanishishni bunday sust holatda ham xohlagan vaqtda boshlash mumkin.
Shu bilan birga boladan aniq biror narsani – takrorlash, jumlani to‘g‘rilash, talaffuz qilishni talab qilish noto‘g‘ri. Agar u xohlasa, so‘zlarning qaysidir elementlarini yoki hatto alohida tovushlarni takrorlasa ham mayli — chunki bularning hammasi foyda beradi!
Qiziqarli malumotlar
ammo unga rasmiy til maqomini berish – yo`l qo`yib bo`lmas xato, Rus tilini o`rganish foydali