Rus Tili O Rganish Darslari

Rus Tili O Rganish Darslari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Rus tili o’rganish darslari

Siz ingliz va rus tillarini nega o‘rganmoqchisiz? Balki, o‘qishingiz uchun, balki ishingiz uchun, dunyo bo‘ylab sayohat uchun yoki xalqaro biznes uchun o‘rganmoqchidirsiz. Ko‘pchilik ingliz va rus tillarini yillab o‘rganadi, lekin gapirishda qiynalishadi. Buning sababi: o‘quvchilar qobiliyatsiz bo‘lganligi emas, balki ular noto‘g‘ri metodlar ishlatganligidadir.

Siz ingliz tilini o‘qishingizda, ishingizda, sayohatingizda, chet ellik do‘stlaringiz bilan suhbatlaringizda mazza qilib gapira olasiz. Buning uchun o‘qish uslubingiz eski metodlarini o‘zgartirishimiz kerak!

Xohlagan tilni 5 ta oson usul orqali o‘rganish:

1 Ingliz va rus tillarida kinolar ko‘ring!

2 Ingliz va rus tilida gapiradigan davlatlarga sayohatga boring!

3 Ingliz va rus tillarida sodda va oson hikoya va romanlar o‘qing!

4 “GET CLUB” Innovatsion Til Maktabiga qatnashib o‘rganing! Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz tomonidan yillar davomida isbotlandi!

5 “KHB” audio kurslari orqali chekka qishloqda bo‘lsangiz ham masofadan o‘rganishingiz mumkin!

Endi siz “GET CLUB” da kutubxonaga a’zo bo‘lishingiz hamda ingliz va rus tillarida chegaralanmagan miqdordagi darslarga qatnashishingiz mumkin. Tasavvur qilyapsizmi? Ha, xuddi shunday!
Siz ham o‘zingizning audio kursingizni buyurtma qilishingiz uchun yoki GET CLUB Innovatsion Til Maktabida darslarga qatnashish uchun qo‘ng‘iroq qiling.

Foto: GET CLUB

GET CLUB Innovatsion Til Maktabi: +99871 2002111
KHB Masofaviy audio kurslari: +99871 2003111

Samarkand filiali : +99890 655 0304, +99890 655 0305

GET CLUB yuqori ish haqi bilan ishga taklif etadi: O‘zingizni professional deb hisoblaysizmi va o‘qitishni sevasizmi? Unda bizga murojaat qiling!

Reklama huquqi asosida

Rus tili o rganish darslari

#rustili #русчаузбекчалугат #studentplus #словарьузбекчарусча #рустилиниурганиш #русскийдляиностранцев #русчакушик .

Rus tilida eng ko`p ishlatiladigan 3000 ta gap. Audiodarslik 1-qism.
Просмотров 2 млн 4 года назад

Rus tilini online o`rganish : 79372490499 Tg 79065174802 IMO. Rossiya universitetlariga kirishga yordam: 79065174802 .

RUS TILI NOLDAN BOSHLAB O’RGANAMIZ (1-DARS)
Просмотров 1,6 млн 4 года назад

#rustili #studentplus #рустили #словарьузбекчарусча #рустилиниурганиш #русскийдляиностранцев #русчакушик .

RUS TILINI O’RGANISHNING 10 TA SIRI! +79201951020 +79607177757
Просмотров 1,4 млн 2 года назад

#rustili #русчаузбекчалугат #studentplus #словарьузбекчарусча #рустилиниурганиш #русскийдляиностранцев #русчакушик .

Rus tili grammatikasi 7 soat ichida | +79201951020 +79607177757
Просмотров 1,2 млн 2 года назад

#rustili #studentplus #рустили #словарьузбекчарусча #рустилиниурганиш #русскийдляиностранцев #русчакушик .

Ingliz tili 1-dars.Ingliz tili grammatikasi,ingliz tilini tez va oson o’rganish!
Просмотров 1,2 млн 2 года назад

ingliz tili tv, ingliz tilini o’rganamiz, ingliz tilini tez o’rganish, ingliz tili grammatikasi, ingliz tilini o’rganish, ingliz tilini 0 dan o’rganish .

Rus tili o rganish

Рус тили дарслари, Рус тили Ассалому алайкум кадирли обуначилар. Сиз ушбу дарсимиз оркали рус тилини тез ва осон .

Uxlayotib Rus Tilini O’rganing Eng Muhim Ruscha Ibora va So’zlar Ruscha
Просмотров 939 тыс. Год назад

Qanday qilib Rus tilini o’rganish mumkin? Uxlayotib Rus tilini o’rganing. Bu videoda grammatikani avtomatik ravishda .

Rus tili grammatikasi 7 soat ichida | +79201951020 +79607177757
Просмотров 1,2 млн 2 года назад

#rustili #studentplus #рустили #словарьузбекчарусча #рустилиниурганиш #русскийдляиностранцев #русчакушик .

Rus tilini qanday qilib tez o’rganish mumkin? | Madina Rustamovna
Просмотров 288 тыс. Год назад

Уважаемые зрители нашего канала, у нас для вас отличные новости! С сегодняшнего дня на RUclips открылась новая .

Похожие запросы для Rus tili o rganish
КЎЧАДА энг кўп ишлатиладиган 55 гаплар
Просмотров 836 тыс. Год назад

Рус тилини осон ва киска муддатда урганиб олишингиз мумкин. Бунинг учун каналга обуна булинг , янги видеоларни .

RUS TILI NOLDAN BOSHLAB O’RGANAMIZ (1-DARS)
Просмотров 1,6 млн 4 года назад

#rustili #studentplus #рустили #словарьузбекчарусча #рустилиниурганиш #русскийдляиностранцев #русчакушик .

Rus tili barcha predloglarni 15 daqiqada o’rganamiz.
Просмотров 15 тыс. Год назад
Rus tilini eshitib o`rganamiz
Просмотров 27 тыс. 4 года назад

Rus tilini online o`rganish : 79372490499 Tg 79065174802 IMO. Rossiya universitetlariga kirishga yordam: 79065174802 .

Rus tilini oson o`rganish SXEMASI
Просмотров 59 тыс. Год назад
Murojaat uchun: 998 97 188 01 99 (telegram , watsap) 7 958 510 07 90 (telegram, watsap) #rustili.
Русский язык _ Rus tili _ Salomlashish _ Rus tilini organish _ _ _ _ _ _ _ Fantadevina Darslari _ _
Просмотров 4,6 тыс. Год назад
Rus tili o’rganish uchun vaqtiz yoki puliz yo’qmi? demak bu video siz uchun!
Просмотров 34 тыс. 9 месяцев назад

. yapıldı Yengi kurs yaptık Siz buz o kadar o sırrını online muz iple kayıptı Nurdan Toby Mouse pastası sebzesi geçiyor yani siz bu .

RUS TILINI O’RGANISH UCHUN TOP 5 OSON YO’LLARI
Просмотров 118 тыс. 11 месяцев назад

УКУВ МАРКАЗ г. Москва м. Красные Ворота ул. Новая Басманная 12с2 тел: 7(985)880-49-14 г. Санкт – Петербург .

Rus tilini noldan o’rganing|Oson va tez rus tili
Просмотров 69 тыс. Год назад

Rus tilini noldan o’rganing! Rus tilida gapirishni rusisti kanalida o’rganing! Rus tilidagi eng qiyin mavzularni sodda qilib .

Rus tilini o`rganish foydali, ammo unga rasmiy til maqomini berish – yo`l qo`yib bo`lmas xato​

Shu yil 1 may kuni www.minbar.uz veb-saytida “Sopi o`zidan: o`zbek faollari rus tiliga rasmiy maqom bermoqchi” xabari chiqdi. Unda bildirilishicha, bir guruh o`zbek faollari O`zbekiston qonunchiligiga o`zgartirish kiritib, rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifi bilan chiqishgan (aynan rasmiy til maqomi, davlat tili maqomi emas! Ko`pchilik manbalarda rus tiliga davlat tili maqomi berilsin, deyilibdi deb yozishyapti, bu – xato).

Ammo “Minbar.uz”da ko`rsatilganidek, faollar atigi uch nafar emas, balki ko`pchilikni tashkil etadi. Taklif mualliflari o`zbek xalqining atoqli olimlari, fan, madaniyat, adabiyot va san`at namoyondalaridir. Men asl manba, ya`ni www.vesti.uz saytida e`lon qilingan “Russkiy yazk nam ne chujoy” deb nomlangan manifestni sinchiklab o`qib, o`rganib chiqdik.

Ba`zi masalalarda mualliflar fikrini qo`llaymiz. Birinchisi, rus tili – fan tili ekanligi (xohlaymizmi, yo`qmi, istalgan sohada ilmiy izlanish olib bormoqchi bo`lgan inson rus tilini bilmasa, olim bo`la olmaydi, u ingliz tilini mukammal darajada bilsa-da, baribir to`laqonli ilmiy ish yoza olmaydi, chunki qaysi soha bo`lishidan qat`iy nazar, juda ko`p ilmiy manbalar rus tilida. Bundan tashqari, minglab Xalqaro ilmiy konferensiyalarning ishchi tillaridan biri sifatida, albatta, rus tili qayd qilinadi). Ikkinchisi – rus tili MDH davlatlari aholisi uchun hali ham o`zaro muloqot tili ekanligi, ya`ni rus tilini bilgan odam MDHning istalgan hududida tarjimonsiz harakat qila olishi, yashashi va ishlash mumkinligi. Uchinchisi – shu paytgacha o`zbek adabiyoti va san`ati namunalarining ko`pchiligi asosan rus tili orqali jahonga mashhur bo`layotganligi, chunki o`zbek tilidan boshqa tillarga to`g`ridan-to`g`ri tarjima qilish endi yo`lga qo`yilyapti. To`rtinchisi – rus tili BMT, KXShT, ShHT, MDH va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili ekanligi. Beshinchisi, Rossiya-O`zbekiston munosabatlarining yangi sifat bosqichiga ko`tarilgani. Ayniqsa, oliy ta`lim sohasidagi hamkorlikning boshida shaxsan Prezidentlarning o`zlari turganligi. Rossiyadan O`zbekiston ta`lim tizimiga juda katta hajmdagi investisiyalarning kiritilayotganligi.

Yaqinda O`zbekistonda atom sanoati rivojlanishni boshladi, Lavrov O`zbekistonda AES qurish uchun joy ajratilganini ma`lum qildi, atom sanoatini rus tilisiz qanday tasavvur qilish mumkin? Bu sohadagi kadrlarni o`zbek tilida tayyorlaymizmi? O`zbeklarda oldindan umuman denotati va tushunchasi bo`lmagan sohaning terminologiyasini rus tilidan emas, qadimgi turkiy tildan olamizmi? Nahotki, millionlab odamlarning hayot-mamoti, xavfsizligi bilan bog`liq sohaga rus tilini bilmaydigan, ya`ni shu sohaning haqiqiy bilimdoni bo`lmagan odamlarni ishga qo`yamiz? Oltinchisi, farzandlarimizga bizdan anchayin yiroq bo`lgan ingliz tilini zo`r berib o`rgatib yotibmiz, hatto ba`zi bolalar inglizcha tush ko`rayotganliklarini aytishmoqda, ammo yaqin qo`shnilar bilan munosabatimiz va kelajagimiz bilan bog`liq muhim sohalarda o`ta zaruriy bo`lgan rus tilini bolalarimizga nima uchun o`rgatmaslik kerak?

Bu fikrlarni o`zini hurmat qiladigan, o`zini dunyoviy odam deb biladigan, rus tili orqali MDH davlatlarida, umuman, dunyoning ko`plab hududlarida erkin muloqot qila olish qobiliyatiga ega bo`lgan insonlar qo`llab-quvvatlaydi, albatta. Ammo o`zbek ziyolilarining rus tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishni oshirish, uning kundalik hayotimizdagi rolini to`g`ri baholashga yo`naltirilgan fikrlarini ma`qullagan holda ularning ayrim fikrlariga nisbatan qarshi fikrlarimni ham bildirmoqchiman.

Birinchidan, murojaat mualliflarining fikricha, rus tiliga rasmiy til maqomini berish va buni qonunchilikda mustahkamlash vaqti etgan. Bu – noto`g`ri fikr. Biz shu kungacha buning aksini qilishga urinib yotibmiz, axir! Ya`ni, davlatning qonunchilik va rasmiy ish yuritishida, sud jarayonida, ta`limda o`zbek tilining mavqei va nufuzini oshirishga intilib, oxirgi 30 yil davomida turli sohalarning terminologik lug`atlarini yaratishga harakat qilyapmiz-ku! Internetda o`zbek tilining qo`llanish doirasini kengaytirish, uni butun dunyo global tarmog`ida munosib o`rin egallashi uchun tinmay mehnat qilayotgan paytimizda bunday taklif – absurddan o`zga narsa emas.

Baraka topgurlar, axir buning teskarisi uchun kurashishimiz, ya`ni o`zbek tilining Davlat tili sifatida BARChA SOHALARDA qo`llanishiga erishish, tom ma`nodagi o`zbek tilida ish yuritish tizimini yaratish ustida tunu kun tinmay izlanishimiz shart va zarur emasmi? Axir bunga davlat miqyosida ahamiyat berilyapti-ku, bu borada maxsus “Yo`l xaritasi” qabul qilinganligini ular bilmas ekanmi? Axir “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini ta`minlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o`rganish natijalari to`g`risida” 2018 yil 15 noyabrdagi KQ-456-III son qarori asosida ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2018 yil 24 dekabrda tasdiqlangan “Yo`l xaritasi” mavjud. Unda belgilangan chora-tadbirlardan hammani xabardor qilish, ularning ijrosi uchun faqat tor doiradagi mutaxassislar emas, balki butun o`zbekistonliklar mas`ul ekanliklarini anglatib qo`yish zarur! Balki shunda yuqoridagidek absurd takliflar bildirilmas edimi?

Ikkinchidan, mualliflar kirill yozuvining keng imkoniyatlari haqida gapirib, lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga o`tish xato bo`lganligi va buning oqibatida ko`pchilik savodsiz bo`lib qolganligini ta`kidlaydi. Bu fikrga aslo ham qo`shilib bo`lmaydi, zero bugungi hayotning shiddati va zamon talabi buning aksini isbotlab turibdi. Davlat va hukumat miqyosida bu borada ham muhim hujjatlar qabul qilingan. Xususan, Bosh Vazir va davlat maslahatchisi tomonidan 2018 yil 15 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo`yicha Harakatlar rejasi” tasdiqlangan. Ishonch bilan aytish mumkinki, kirill yozuvi asosidagi o`zbek tili alifbosi – o`tmish. Kelajagimiz faqat lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi bilan bog`liq.

Uchinchidan, mualliflar bildirgan fikr va takliflar har bir oilaga, har bir shaxsga individual tarzda taalluqli bo`lib, yuqorida ta`kidlaganimizdek, rus tilini o`rganish foydali va zarur, ammo unga respublika miqyosida rasmiy til maqomini berib, bu haqda tegishli qonun hujjatlariga o`zgartirish kiritish – yo`l qo`yib bo`lmaydigan xatodir. Bu holat o`zbek tilining rivojiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, uni nufuziga putur etkazib, uning taraqqiyotini yana necha yillar ortga surib yuborishga sabab bo`ladi.

To`rtinchidan, 2019 yilning mart oyida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7 bob, 29 moddadan iborat “Davlat tili to`g`risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, u mutaxassislarning muhokamasiga taqdim etilgan edi. Xususan, Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida Bosh Vazir tomonidan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”ning 1-bandi, ya`ni “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasini tayyorlash yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh o`z faoliyati davomida soha mutaxassislari, jamiyat a`zolari tomonidan bildirilgan mulohazalar to`la o`rganib chiqdi va ularni inobatga olgan holda “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasini O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etdi. Jumladan, ushbu loyihada 1995 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 2-, 7-, 8-, 10-, 13-, 16-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 24- moddalariga o`zgartirish zarurligi dalillangan. Ta`kidlash zarurki, universitet tomonidan ishlab chiqilgan Qonunning yangi tahriri huquqiy sohada va milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni o`zida to`liq aks ettirish hamda “Davlat tili haqida”gi Qonunga to`g`ridan-to`g`ri amal qilish, uning ijrosini so`zsiz ta`minlash, shu kungacha davlat va jamiyatda ko`zga tashlangan ko`plab muammolarga echim topishga yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi.

Murojaat mualliflari ichida yuristlar bor, ular bu haqda atayin bilib turib takliflar bildirgan bo`lishi mumkin. Xudo ko`rsatmasin, bu yangi tahrirdagi Qonunga rus tiliga rasmiy til maqomi berilishi haqidagi modda kiritilsa bormi, o`zbek tilining shundoq ham o`ta nozik mavqei butunlay yo`q bo`ladi. Bu xatoni kelajak avlodlar sira kechirmaydi! Shuning uchun jamoatchilik birlashgan holda “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasiga bu moddaning kiritilishiga yo`l qo`ymasligimiz shart va zarur.

Inomjon Azimov,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o`zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori,

filologiya fanlari nomzodi,

Laylo Raupova, filologiya fanlari doktori

Saodat Muhamedova, filologiya fanlari doktori

Qiziqarli malumotlar
Rus Tili O Rganish Darslari